Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “KARYERA KUNI” bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi bo’lib o’tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-yilning 20-25-may kunlari “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi bo'lib o'tmoqda. Bugun ilmiy haftalik doirasida “KARYERA KUNI” bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi bo’lib o’tdi.

Tadbirda 80 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari, “O‘zkimyosanoat” AJ hamda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarufidagi yirish ishlab chiqarish korxonlari vakilari va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali ma’sul xodimlari ishtirok etdilar. 2023-2024 o‘quv yilida institutimizda 1500 ziyod talaba yoshlar bitirishmoqda. Ularni ishga joylash maqsadida "KARYERA KUNI" tashkilashtirildi.

Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T.T.Safarov kirish so'zi bilan ochib berdilar. Yana bir yangiliklarda biri bo‘lgan Davlat tashkilotlariga ishga kirishning yangi tartibi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali Bosh inspektor Abdukarimov Utkir Xamzaevich vacancy.argos.uz sayti orqali ishga kirish tartibi bo‘yicha bitiruvchi talabalarga tushunchalar berdi. 

Korxonalar o‘zlarining taqdimotlari bilan tadbirda ishtirok etdilar. Yurtimizdagi yuqori sifat bilan hamda o‘zining shirinliklari bilan mashxur bo‘lgan BON! kafesining ishlab chiqarish zavodidan ham HR mutaxassisi Zuxra Djurabaeva o‘zining taqdimoti hamda bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

“Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida Institutimiz bilan hamkorlikda Artel innovatsion o‘quv markazi, Artel konditsoner zavodi bilan birgalikda KARYERA KUNI-XAKATON tadbiri bo‘lib o‘tgan edi. 

KARYERA KUNI-XAKATON tadbirida institutimizdan 125 nafardan ziyod talabalar ishtirok etgan bo‘lib ulardan 15 nafari yuqori natijalarga erishdilar. Institutimizning yaqin hamkorlari bo‘lmish Artel innovatsion o‘quv markazi va Artel konditsoner zavodidan 15 nafar talabalarimiz Artel zavodining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir birinchi qismidan so‘ng 900 ga yaqin institutimiz talabalari korxonalar bilan ishga kirish jarayonlari to‘g‘risida korxonadan tashrif buyurgan mutassadi xodimlar bilan suhbat o‘tkazdilar. Institutimiz bo‘yicha 250 nafardan ziyod talabalarimiz korxona va tashkilotlarga ishga tavsiya etildilar.