Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Buvijonim kiygan liboslar" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti faollar zalida "Buvijonim kiygan liboslar" mavzusida tadbirb boʻlib oʻtdi. Bugungi kunda yoshlarimiz o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni targ‘ib etish, ularni "Ommaviy madaniyat” ta’siridan asrash asosiy vazifamiz hisoblanadi. Zero, "Ommaviy madaniyat”ni o‘zida ifoda etib, xorijdan kirib kelayotgan turli yod odatlar ayrim yoshlarimizni o‘z ta’siriga olayotgani kishini tashvishga soladi, albatta. Libos nafaqat insonning tashqi ko‘rinishi bezagi, balki undagi axloq-odob, ma’naviyat va madaniyatning belgisidir. Momo va buvijonlarimiz kiygan milliy liboslarda o‘zbek xalqining qadimiy va o‘chmas ma’naviyati va boy qadriyatlari o‘z ifodasini topgan.



Tadbirdan koʻzlangan maqsad: Oʻzbekona kiyinish madaniyati, uning targʻiboti, kiyim tanlash, zamonaviy kiyinishda oʻzbekona sharm-hayo meʼyorlariga amal qilish, milliy anʼanalarimizni keng targʻib etish orqali urf-odat, anʼana va qadriyatlarimizga xos boʻlmagan gʻarb va boshqa kiyinish madaniyatiga taqlidning oldini olish hamda yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish. Shuningdek yangi 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab institutda kiyinish madaniyatini talabalar nigohida koʻrinishini yaratishdan iborat edi.



Tadbirda 5 ta fakultetlardan jami 25 ta ishtirokchi talaba-qizlar qatnashdilar, 80 dan ortiq tomoshabin va masʼullar faol ishtirok etdilar. Tadbir soʻnggida ishtirokchi qizlarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari berildi.



Tadbirning asosiy mehmonlari Tuman "Oqila ayollar" harakati yetakchisi xuquqshunos Yo'ldosheva Marxamat Muradovna va O'qchi MFY raisi, Tuman "Oqila ayollar" harakati a'zosi Alimardonova Umida Ubaydullayevnalar faol ishtirok etib, talaba qizlarni baholashda ko'maklashdilar va o'z maslaxatlarini berdilar.