Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Shandun Fanlar akademiyasi va O'zbekistonning bir qator oliygohlari bilan hamkorlikda Xitoy-Markaziy Osiyo aqlli qishloq xo'jaligi texnologiyalari Alyansining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

 Joriy yilning 6-sentabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida Shandun Fanlar akademiyasi va O‘zbekistonning bir qancha boshqa oliygohlar bilan hamkorlikda Xitoy-Markaziy Osiyo aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari Alyansining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

 Unda Toshkent kimyo-texnologiya institutidan rektor professor Botir Shukurillayevich Usmonov, institut rahbariyati hamda professor-o'qituvchilari qatnashdilar.

Shuningdek Xitoy delegatsiyasi tarkibida Shandun provinsiyasi fan va texnologiya bosh departamenti direktori - SUN Haisheng, Shandun Fanlar Akademiyasi, Qilu Texnologiya Universiteti Prezidenti - WANG Yinglong, Shandun provinsiyasi Fan va texnologiya departamenti, Fan va texnologiya hamkorlik bo'limi direktori - ZHANG Xingwang, Shandun provinsiyasi fan va texnologiyalar departamenti yuqori va yangi texnologiyalarni rivojlantirish va sanoatlashtirish bo'limi direktori - HAN Shaohua, Shandun provinsiyasi fan va texnologiya departamenti, Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha fan va texnologiya bo'limi direktori - LI Lianwen, Shandun Fanlar akademiyasi Xalqaro hamkorlik idorasi direktori - YANG Hetong va boshqa mas'ullar ishtirok etdilar.

 Uchrashuv davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich institut jamoasi tomonidan erishilgan yutuqlar, filiallar faoliyati, yetishib chiqayotgan kadrlar, professor-o'qituvchilar, hamkor oliygohlar haqida ma'lumot berib o'tdi. Shuningdek institutimiz hamda Shandun Fanlar akademiyasi o'rtasidagi hamkorlik 10 yildan ortiq tarixga ega bo'lib, birgalikdagi say-harakatlar orqali Shandun viloyatining ham, O'zbekistonning ham ilmiy-texnologik salohiyatini yanada yuksaltirishga erishilishiga kelishib olindi.

 Ushbu hamkorlik doirasida 2018-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutida Modifikatsiyalangan asfalt ishlab chiqarishni avtomatlashtirish texnologiyasi bo'yicha Xitoy-O'zbekiston qo'shma laboratoriyasi tashkil etilgan bo'lsa, 2020-2022-yillarda Xitoy,O'zbekiston hukumatlararo ilmiy-texnikaviy hamkorlik loyihasi va texnologik hamkorlik amalga oshirilgan.

 Hamkorlik natijasida bugun Shandun Fanlar akademiyasi va O'zbekistonning bir qancha boshqa oliygohlari bilan Xitoy-Markaziy Osiyo aqlli qishloq xo'jaligi texnologiyalari alyansining ochilish marosimiga yig'ilgan bo'lib, har ikki tomon oliygohlari va ilmiy-tadqiqoy institutlari mavqeini mustahkamlaydi. Hamkorlik qilish va aqlli qishloq xo'jaligi texnologiyalarini rivojlantirish va Orol dengizining shor-ishqorli yerlaridan kompleks foydalanishga hissa qo'shish, yaqinda tashkil etilgan Alyans negizida aqlli qishloq xo'jaligining ko'rgazmali zonalarini barpo etishga ko'maklashishga kelishib olindi.

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Alyans uchun almashinuv va hamkorlik platformasini yaratish orqali Alyansning texnologik yutuqlarini o'zgartirish bo'yicha xizmat ko'rsatib, aqlli qishloq xo'jaligini namoyish qilish xonalarini qurish, texnik hamkorlik va qishloq xo'jaligi savdosini rivojlantirish uchun seminarlar, treninglar va boshqa tadbirlarni o'tkazadi. Alyansning tashkil etilishi Shandun va O'zbekiston o'rtasida qishloq xo'jaligi texnologiyalari, Orol dengizining sho'r va ishqorli tuproqlarini boshqarish sohasida texnik almashinuv va hamkorlikni mustahkamlaydi, shuningdek, ikki davlat o'rtasida qishloq xo'jaligini birgalikda rivojlantirishga yordam berishga kelishib olindi.