Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

2024-yilning 10-may kuni Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xo'jaligi universiteti professorlari Dong Renjie, Yu Qiang, Zhou Yuguang Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyurdilar.

Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Babaxanova Zebo Abdullaevna, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Saidumarxon Saidaxmadovlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish; ikki muassasa hamkorligida "Biogaz" va "Bioenergetika" yo'nalishlarida ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish hamda hamkorlikda ilmiy nashrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shundan so'ng Toshkent kimyo-texnologiya institutining Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti "Biotexnologiya" kafedrasi talabalari hamda professor-o'qituvchilariga "Biomass energy: biomass resource evaluation, biogas, biomass stove, environmental impact" mavzusida professor Dong Renjie tomonidan seminar va master-klass tashkil qilindi.

Shuningdek Professor Dong Renjie 2024 yil 13-14 may kunlari Samarqand shahrida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamkorligida o'tkazilayotgan ICECAE 2024 xalqaro konferensiyasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillari bilan ishtirok etadi.