Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Yashil kimyo va barqaror rivojlanish" xalqaro ilmiy haftaligi doirasida “Ta’limda xalqaro innovasion yondashuvlar, hamkorlikdagi ta’limni rivojlantirish istiqbollari va dolzarb muammolari” xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 25-may kuni kuni «Ta’limda xalqaro innovasion yondashuvlar, hamkorlikdagi ta’limni rivojlantirish istiqbollari va dolzarb muammolari» mavzusida xalqaro konferensiya, Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari va Yosh olimlar Xalqaro Forumi ishtirokchilari uchun Xakatonning bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyani institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng konferensiya ishtirokchilari o'z hisobotlari bilan so'zga chiqdilar.

Haftalik tashkilotchisi GREEN CHEMISTRY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT bo‘lib, hamkorlar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Al-Farobiy nomidagi NAO “Qozog‘iston milliy universiteti”, UNPRMEning Yevroosiyo bo‘limi hisoblanadi.

Shuningdek, «O‘zkimyosanoat» AJ, «O‘zsanoatqurilishmateriallari» AJ, «Kvars» AJ, «Asl Oyna» AJ, «Artel» AJ, «AKKERMANN CEMENT» MCHJ, «Art Gloss Galery» xoldingi, «Texnopark” MCHJ, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ singari yirik korxona va brendlar haftalik doirasida ishtirok etmoqdalar.

Konferensiyadan so'ng barcha ishtirokchilar "Artel elektroniks" o'quv markaziga tashrif buyurdilar.