Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekishga start berildi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko'chatlari ekishga start berildi. 

Joriy yilning 14-noyabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko'chatlarini ekishga start berildi.

Ushbu aksiya tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, O‘zbekiston Ekologiya partiyasi markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi A.Xamzayev, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda institutda tashkil etilgan tashabbuskor va iqtidorli talabalardan iborat “Ekoklub” a’zolari ishtirok etishdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, institut hududida yashil bog‘lar va ekologik toza hudud tashkil etish maqsadida joriy yilning 14-noyabr kuni jami 400 tup, shu jumladan institut hududiga 300 tup, institut akademik liseyi hududiga esa 100 tup manzarlari (katalpa, terak, lola daraxti, pavloniya) daraxt ko‘chatlari ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida: joriy yil noyabr oyining boshida Talabalar turar joyida 150 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan edi.