Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Yashil taraqqiyot uchun” kurashamiz shiori ostida “Atrof-muhitni muhofaza qilishda yoshlarning o‘rni” mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Bugun, Toshkent kimyo-texnologiya institutida, O'zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda "Yashil taraqqiyot uchun" shiori ostida "Atrof muhitni muhofaza qilishda yoshlarning o'rni" mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Xamzayev, Moliya va iqtisod ishlari bo'yicha prorektor Qodirov Bobiromon Bekmurodovich, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich,Sanoat ekologiyasi" kafedrasi mudiri Igitov Farrux Baxtiyarovich hamda bir qator faol talabalar ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad oliy o‘quv yurtlarida atrof-muhitni muhofaza qilishda yoshlarni o‘rni va rolini oshirish, ularni birlashtirgan holda ekologiya yo‘nalishida targ‘ibot tadbirlarni yanada kuchaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ularning ekologik madaniyati va bilimlarini oshirishdan iborat.

Ekologik muammolar kun sayin kuchayib borayotgan ayni damda tabiatga aks ta’sir ko‘rsatayotgan antropogen omillarni kamaytirish, ekologik madaniyatni oshirish va har qanday tusdagi ekologik muammolarni bartaraf etishda barchamizdan shaxsiy daxldorlikni chuqur his qilgan holda uyushqoqlik bilan harakat qilish talab etiladi.

Tadbirda ayni shu haqda bir qator tushuntirishlar olib borildi. Uchrashuvda yoshlar ongiga ekologik ta’lim tarbiyani singdirishda nafaqat ona tabiat haqidagi nazariy bilimlar, balki amaliy mahorat ham muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida talabalarga ekologiya sohasidagi bir qator ma'lumotlar yetkazildi. Faol talabalarga partiyaning esdalik sovg'alari topshirildi. 5 nafar talaba o'z tashabbuslari bilan partiya a'zoligiga qabul qilindilar.Yoshlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Kelajakda bunday tadbirlarni muntazam o'tkazishga kelishib olindi.