Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Zamonaviy kimyoviy texnologiyalar” qo’shma o’quv kursi boshlandi.

Joriy yilning 1-aprel sanasidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida, IItaliyaning Milan politexnika universiteti hamda Tomsk politexnika universiteti bilan hamkorlikda “Zamonaviy kimyoviy texnologiyalar” (Advanced Chemical Engineering) qo’shma o’quv kursi boshlandi. 

O’quv kursini Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor B.B.Qodirov hamda Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Z.A.Babaxanova rasman ochib berishdi.

O’quv kursining birinchi kunida Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi kafedrasi prof. Juraev Asror Baxtiyarovich “Polifin ishlab chiqarish texnologiyasi” va dots. Ayxodjaev Bobir Botirovich “Avtomobil qurilishi uchun polimer kompozit materiallar” mavzusida ma’ruza qilib berishdi.

Ma’lumot uchun: kursda 61 nafar ishtirokchi qatnashadi.