Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Belarusiyaning Evfrosiniy Polotskaya nomidagi Polotsk davlat universiteti rektori Romanov Yuriy Yasentovich tashrif buyurdi.

Joriy yilning 9-fevral sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati va Polotsk davlat universiteti rektori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Babaxanova Zebo Abdullaevna, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich va boshqalar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Polotsk davlat universiteti kafedralari hamkorligida Neft va Gazni qayta ishlash hamda Texnologik mashina va jihozlar yo'nalishlarida xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari va hamkorlikning boshqa yo'nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Polotsk davlat  universiteti oʻrtasida ilmiy va akademik tadqiqotlar boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, magistratura va doktorantura talabalari uchun akademik mobillik va qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish hamda professor-o’qituvchilarning malaka oshirish kurslarini tashkillashtirish rejalashtirildi.