Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabining o'qituvchi va o'quvchilari tashrif buyurdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-martdagi 44-son buyrug‘iga asosan professional ta'lim muassasalariga ilmiy va metodik jihatdan yordam berish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida, 2024-yil 19-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti «Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasiga Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabining о‘qituvchi va о‘quvchilari tashrif buyurishdi. 

Tashrif chog‘ida 2-son kasb-hunar maktabining о‘qituvchi va о‘quvchilariga «Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi xorijiy-katta о‘qituvchisi PhD Anjana Anandan Vannathanning о‘quv seminari va о‘zining ilmiy ishlari bо‘yicha ingliz tilida ma’lumotlar berdi. Ingliz tilidan mazkur kafedraning assistenti Karimova Zarina Aminjanovna tarjima qildi.