Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Qozog'istondan akademik almashinuv doirasida talabalar tashrif buyurdi.

2024-yilning 10-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutiga M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti rektori taklifiga binoan Biotexnologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan 2-bosqich talabalarini akademik almashinuv amaliyotiga jalb qilish maqsadida tashrif buyurdi.

Amaliyotning dastlabgi kunida institut rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i S.Saidaxmadov, Biotexnologiya kafedrasi mudiri A.M.Normatov, kafedra professor-o‘qituvchilari N.O‘.Yusupov va A.Sh.Otajonovlar ishtirok etishdi.

Amaliyotlar rejaga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib dastavval "Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi va "Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi" kafedrasiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif vaqtida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan laboratoriya xonalaridagi uskuna-jixozlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilib, ishlash prinsiplari tushuntirildi. 

Kunning ikkinchi yarmida Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakultetining "Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi" kafedralariga tashrif amalga oshirilib, fakultet o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o'rinbosari J.S.Qayumov tomonidan u yerdagi barcha zamonaviy laboratoriya uskuna va jixozlari bilan tanishtirib, kafedralar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.