Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Xitoyning Shenyang universitetidan delegatsiya tashrif buyurdi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xitoyning Shenyang universitetidan tashrif buyurgan delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'ltdi. Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Usmonov Botir Shukurillaevich, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Po‘latov Xayrulla Lutpullayevich, Silikat materiallari, nodir va bobli metallar kafedrasi mudiri, Aripova Mastura Hikmatovna, kafedra doktoranti F.B.Erkinov, Talabalar amaliyotini o‘tash va bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘limi boshlig‘i Mirkomilov Abdurahmon hamda Shenyang universiteti prezidenti GUANGVEN XU, Rivojlanishni rejalashtirish departamenti direktori o'rinbosari Mingchang ZHU, Ilmiy tadqiqotlar bo'limi direktori o'rinbosari Yingpeng XIE, professor Lei SHI ishtirok etishdi.

 Uchrashuvdan maqsad ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Shenyang kimyo-texnologiya universiteti oʻrtasida ilmiy va akademik tadqiqotlar boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, magistratura va doktorantlarni birgalikda tayyorlash hamda qishki va yozgi oromgohlarni birgalikda tashkil etish masalalari kelishib olindi.