Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga xorijiy delegatsiya tashrif buyurdi.

#Xalqaro_hamkorlik 

#международное_сотрудничество 

#international_relations

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Tomsk Politexnika Universitetining Kimyo va biomeditsina texnologiyalari ilmiy maktabi direktori Trusova Marina Yevgenevna va Kimyo va biomeditsina texnologiyalari ilmiy maktabi dotsenti Kukurina Olga Sergeevnalar tashrif buyurdi.

Ushrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, O'quv ishlari bo'yicha prorektori Safarov Toyir Tursunovich, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Babaxanova Zebo Abdullayevna, Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Qodirov Bobiromon Bekmurodovich, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovichlar va xorijiy delegatsiya a'zolari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda xorijdagi yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo'lga qo’yish, o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta'lim dasturlari va o'quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga ega yuqori malakali chet el o'qituvchi va olimlarini jalb etish, hamda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan ilmiy-innovatsion mahsulotlarni xorijiy mehmonlar va keng jamoatchilikka namoyish qilish masalalari muhokama qilindi.