Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "WOMEN IN STEM" III xalqaro Forumi bo'lib o'tdi.

2025-yilning 12-13—fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “Oʻzkimyosanoat” Aksiyadorlik Jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻzbekiston ixtirochi ayollar markazi, Integral Universiteti (Hindiston), Neofit Rilski Janubiy-G’arbiy Universiteti (Bolgariya) boshchiligida "WOMEN IN STEM" III xalqaro Forumi bo'lib o'tmoqda.

Bugungi kunda butun dunyoda ayollarning ilm-fan va texnologiya sohasidagi ishtirokini kengaytirish global muammo sifatida ko‘rilmoqda. BMT tomonidan 2015-yilda 11-fevral “Fanda ayollar va qizlar kuni” deb e’lon qilingan bo‘lib, bu sanani nishonlash doirasida “Women in STEM” forumi muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.  

Mazkur forum O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislarni jamlab, xotin-qizlarning STEM sohasiga jalb qilinishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Tadbir doirasida ilmiy taqdimotlar, xalqaro ekspertlarning mahorat darslari, amaliy seminarlar va motivatsion nutqlar rejalashtirilgan.

Forumning ochilish marosimi avvalida ishtirokchilarga "Lazera-shou" taqdim etildi.

Xalqaro Forumni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berdi hamda barcha ishtirokchilarga o'z tabrigini yo'lladilar. 

Shundan so'ng dunyo miqyosida kimyo-texnologiya yo'nalishlarida yuqori marralarga erishgan olima ayollar hamda olima bo'lish yo'lidan ketayotgan institutimiz ayol professor-o'qituvchilari va talaba-qizlar haqida tayyorlangan video-film namoyish etildi.

Tabrik yo'llash uchun UNESCO O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, Janubiy-G’arbiy Neofit Rilski Universiteti rektori, professor (Bolgariya) Nikolay Marin, Respublika Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti direktor oʻrinbosari, Respublika “Oqila ayollar” harakati yetakchisi, pedagogika fanlari doktori, professor Musurmanova Oynisa Musurmanovna, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi, Abduraxmanova Sanobar Maxammadaminovnalar so'zga chiqib "WOMEN IN STEM" III xalqaro Forumining kelgusi faoliyati muvaffaqiyatlar tiladilar.

Shuni alohida ta'kidlash joizki Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan “Women in STEM” xalqaro ilmiy forumining asosiy maqsadi - Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasida faoliyat olib borayotgan ayollarni jamiyatdagi muhim o‘rnini ko‘rsatish, “Ustoz-shogird” tizimini yanada takomillashtirish, ularni qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Shuningdek, u ushbu sohalarda xilma-xillik va shafofflikning ta'minlash hamda STEM sohasida ayollar duch keladigan toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan. Forum doirasida muhokama panellari, seminarlar, mahorat darslari va mintaqadagi olima ayollar tomonidan taqdim etilgan ilmiy taqdimot sessiyalari tashkil etiladi. Forumning maqsadi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi olima va muhandis ayollarning keyingi avlodini ilhomlantirish va qoʻllab-quvvatlashdir.

Milliyligimizni aks ettiruvchi badiiy chiqishlar xorijiy mehmonlarda o'zgacha taassurot uyg'otdi.

Forum doirasida milliy madaniyat va ilm-fanni uyg‘unlashtirgan musiqiy chiqishlar, milliy liboslar taqdimoti, laboratoriya mashg‘ulotlari va qizg‘in bahs-munozaralar ham tashkil etilgan bo'lib, milliyligimizni aks ettiruvchi sahna chiqishlari tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarda o'zgacha taassurot uyg'otdi.

Xalqaro Forum davomida tanaffus vaqtida Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti jamoasi hamda mas'ul kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan funksional taomlardan iborat kofe-breyk tashkil etildi.

Xalqaro Forum doirasida festivalning ikkinchi qismida tashrif buyuruvchilar o'zlarining taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

Jumladan Tadjibayeva Ma'mura Ashuraliyevna - Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori. Mavzu -The Future of Women in STEM: Trends and Predictions (Ayollarning STEMdagi kelajagi: tendentsiyalar va bashoratlar). Geun Seong LEE Mavzu - Reducing CO2 Emissions For Green Cement Production (Sement yashil ishlab chiqarish uchun CO2 emissiyasini kamaytirish), Stankova Ivanka - "Neofit Rilski" Janubiy-G’arbiy Universiteti, Ilmiy va oʻquv dasturlari direksiyasi direktori, Kimyo kafedrasi professori , Dr. (Bolgariya) Mavzu: The Role of the Green STEM Model for Building Skills in Education (Ta’limda koʻnikmalarni shakllantirish uchun yashil STEM modelining roli). Petrova Petranka -"Neofit Rilski" Janubiy-G'arbiy Universiteti, dotsent, Dr. (Bolgariya) Mavzu: Effective Strategies for Implementing STEM Education (STEM ta’limini amalga oshirishning samarali strategiyalari). Matkarimova Nilufar Boqijon qizi - Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlari ishlari agentligi, Markaziy appаrati mas’ul xodimi, Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, PhD dotsent Mavzu - STEM ta’lim sohasida yosh xotin-qizlar ulushini oshirish zamonaviy ta’limning dolzarb masalalasi sifatida. Eid Kamel - Qatar universiteti, Gazni qayta ishlash markazi professori, professor (Qatar) Mavzu: Cotton Biomass Driven Scalable Design of Hierarchal Porous Carbon Nanofibers Encapsulated Heteroatoms and Pt-free Nanocrystals for Green Hydrogen Production (Yashil vodorod ishlab chiqarish uchun ierarxal g’ovakli uglerod nanotolalari bilan qoplangan heteroatomlar va Pt-siz nanokristallarning paxta biomassasiga asoslangan kengaytiriladigan dizayni). Akramova Shaxnoza Abrorovna - Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti, kafedrasi boshligʻi oʻrinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor, podpolkovnik. Mavzu - Qurolli kuchlar tizimini rivojlantirishda harbiy xizmatchi ayollarning qoʻshayotgan hissalari. Iffat Zareen Ahmad - Integral universiteti professori, Dr. (Hindiston) (onlayn) Mavzu – Urug’dan supertaomgacga: zig’ir urug’ining ozuqaviy vosita sifatida toʻliq salohiyatini ochish. Grancharova Damyana -"Neofit Rilski" Janubi-G’arbiy Universiteti, Kimyo kafedrasi mudir oʻrinbosari, STEM markazi direktori, Dr. Mavzu: The Intersection of Innovation and Education: STEM as a Key to Success (Innovatsiya va ta’limning kesishishi: STEM muvaffaqiyat kaliti sifatida). Karashtranova Elena - "Neofit Rilski" Janubiy-G'arbiy Universiteti, Assoc. Prof. Mavzu: Possibilities for integrating elements of probability and statistics into STEM education scenarios (STEM ta'lim stsenariylariga ehtimollik va statistika elementlarini integratsiya qilish imkoniyatlari).

Forum yakunida Faxriy mehmonlarga “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining statuetkasi, esdalik sovg'alari hamda sertifikatlari topshirildi.