Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Ish beruvchilar bilan bitiruvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2024-yil 7-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti bitiruvchilarini ishga olish maqsadida Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakultetida ta’lim olayotgan bitiruvchilar bilan Dehqonobod kaliy zavodi xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektor Shernaev Anvar Normamatovich, Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti dekani Buxorov Shuxrat Buriyevich, Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘lim xodimlari, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Shoxrux Begmatov, Dehqonobod kaliy zavodi boshqaruvi raisi Zaripov To'lqin Ergashevich, Tog'-kon majmuasi boshlig'i Jumayev Ilxom Qudratovich hamda kafedra mudirlari va bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuvni Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektor Shernaev Anvar Normamatovich kirish so'z bilan ochib berdi. Tashrif buyurgan Dehqonobod kaliy zavodi mas'ul xodimlari korxona haqida, hozirgi kundagi qonun loyihlari, ishga kirish talabalari haqida malumot berdilar. 

Uchrashuvdan maqsad Dehqonobod kaliy zavodiga yetuk kadrlarni ish bilan qamrab olishdir. Ochiq muloqat talqinida o'tgan uchrashuvda ishga kirish istagida bo'lgan talabalar o'zalarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.