Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida "Sport salomatlik garovi" shiori ostida sport musobaqalari o'tkazildi


Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida "Sog'lom turmush madaniyati oyligi" doirasida "Sport salomatlik garovi shiori ostida 1-kurs talabalari o'rtasida sport musobaqalari o'tkazildi. Talaba yoshlarni jismoniy chiniqtirish , ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun yo'naltirilgan sport musobaqasini fakultet dekani Sh.B.Buxorov va yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari N.Sh. Zulyarovalar ochib berdilar. Musobaqa shartlari qizg'in va shiddatli tarzda bo'lib o'tdi. Natijalarga ko'ra:

1-o'rinni 22-02 KT-guruhi

2-o'rinni 22-04 KT-guruhi

3-o'rinni 22-01KT-guruhlari egalladilar.



G'olib jamoalarga hamda musobaqda faolligi bilan ajralib turgan talabalarga:

-Eng faol sportchi qiz: Mamadaliyeva Dildora 

-Eng faol sportchi yigit: Movlonqulov Olmos nominatsiyalari bo'yicha diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.