Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutining "KIMYOGAR" jamoasi "Ma'rifat maydoni" ko'rik tanlovining hududiy bosqichida birinchi o'rinni olib g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Xabaringiz bor joriy yilning 1-aprel sanasida "Ma'rifat maydoni" ko'rik tanlovi hududiy bosqichi bo'lib o'tgan edi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya institutining "KIMYOGAR" jamoasi ham ishtirok etib, maksimal 30 balldan 29 ballni qo'lga kiritib birinchi o'rinni egallab mintaqaviy bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Institutimiz jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgani bilan muborakbod etgan holda, ularni qo'llab-turgan institut rahbariyati, talabalar kengashi a'zolari, hamda texnik-tashkiliy masalalariga yaqindan yordam bergan, muxlislik qilgan barcha faol talabalarga minnatdorchilik bildiramiz. 

"KIMYOGAR" jamoasini mintaqaviy va Respublika bosqichlarida ham birinchilikni qo'lga kiritishlarida omad tilab qolamiz.