Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti “Fizika va energetika” kafedrasi professor-o’qituvchilari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 54-sonli umumt’alim maktabiga tashrif buyurdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va 54-sonli umumta'lim maktabi o'rtasida qariyb ikki yildan buyon davom etayotgan hamkorlikda yana yangi shartnomalarini imzoladi.

Shu shartnomada ko‘rsatilgan vazifalar bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Bo‘stonliq tumanidagi 54-sonli umumta’lim maktabida fizika fanidan laboratoriya ishlarini buyicha uslubiy qo‘llanma tayyorlash (muhlat 2024-yil noyabr oyi).

Maktab ma’muriyati bilan kelishilgan holda fizika faniga qiziquvchi o‘quvchilar uchun tashkil qilingan “Yosh fiziklar” to’garagining faoliyatini nazorat qilindi va amaliy yordam berildi.

Maktabda kafedraning tajribali professor o‘qituvchilari tomonidan haftaning shanba kunlari o‘quv rejasi asosida o‘quvchilarga mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda.

Fizika fanidan o‘quvchilarga masala yechish bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqishga kelishildi (muxlat 2024yil dekabr oyi)

Maktabning yuqori sinf bitiruvchilari bilan uchrashib Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti bilan tanishtirildi.

Yangi o‘quv yilidan maktab o‘qituvchilari bilan masofaviy ta’lim va o‘zaro masofaviy aloqani keng joriy qilish kelishib olindi.

Shuningdek, “Fizika va energetika” kafedrasi professor-o’qituvchilari va maktab o’quvchilari o’rtasida bugungi kunda energetika sohasidagi o’zgarishlar haqida davra suhbati o’tkazdi. Maktab kutubxonasiga va iqtidorli o’quvchilarga fizika faniga oid kitoblar taqdim etildi.