Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi" kafedrasi proffesor-o'qituvchilari 4-iyun kuni, "Uzbekistan GTL'' MCHJ da bo'lib o'tgan "Tadbirlakorlarni shatakka olish va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish" forumida o'zlarining yaratilgan ilmiy namunalari bilan ishtirok etishdi.

Forumda turli sanoat ishlab chiqarish korxonalari hozirgi kundagi dolzarb muammolarni bartaraf etishda ishlab chiqarish zavodlari bilan hamkorlik shartnomalari masalalari to'g'risida davra suhbati bo'lib o'tdi. 

Davra suhbatida kafedra dotsenti G'ulomov Shuxratqodir Tashmatovich o'zining ilmiy-tadqiqot zavod xomashyo bazasi importini kamaytirishga qaratilganligini to'laqonli izohlab berdi. Ushbu loyiha amalga oshishi yuzasidan "SHGKM" MCHJ bosh direktori Shuxrat Choriyevich shaxsan o'zi zavod mutaxassislariga ko'rsatmalar berdi.