Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga "MTO GAS CHEMICAL COMPLEX " MCHJ korxonasi ma’sullari hamda talabalar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni institutning Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.N.Shernayev kirish so'zi bilan ochib berdi. Bundan tashqari, tadbirda Marketing, amaliyot va professioanal ta’lim bo‘limi yetakchi mutaxassislar U.R.Mavlyanov , M.M.Alimjanov hamda talablar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida korxonada yosh kadrlarga bo‘lgan extiyoj tufayli institutning bitiruvchi kurs bakalavr va magistratura talabalariga korxonadagi bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumot berildi. Korxonada xozirgi kunda pullik stajirovkalarni tashkil etilmoqchi ekanligi haqida ham ma’lumot berildi.

Tadbir ochiq muloqat shaklida bo'lib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.