Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-yilning 20-25-may kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya insituti ishlab chiqarish hamkorlaridan Artel kompaniyasi Innovatsion o‘quv markazi va Konditsioner ishlab chiqarish zavodi bilan hamkorlikda 20-24-may – KARYERA KUNI-XAKATON o‘z ishini boshladi.

2024-yilning 20-may kuni ushbu xakaton musobaqasida Yoqilg’i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti hamda Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti talabalari ishtirok etishdi. KARYERA KUNI-XAKATON tadbirining birinchi kunida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T.T.Safarov, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektor A.N.Shernayev, Marketing amaliyot va professional ta’lim bo‘limi boshlig‘i A.M.Mirkomilov va boshqa ma’sul xodimlar qatnashdilar.

20-22—may kunlari xakaton musobaqalari o‘tkazilib, g‘oliblar 24-may Karyera kuni tadbirida e'lon qilinadi va tantanali ravishda taqdirlanadi. Ushbu tadbirda institutning har bir fakultetidan 25 nafardan talabalar qatnashadi va ular orasidan 1,2,3-o‘rinlar bo‘yicha g‘oliblar tanlab olinib, faxrli o‘rin g‘oliblari sovg‘alar bilan taqdirlanadi hamda Artel kompaniyasining ishlab chiqarish korxonalariga ishga tavsiya etiladi. 

Xakaton musobaqasi davomida talabalarga Innovatsion o‘quv markazi xodimlari tomonidan mahorat darslari o‘tilib, IQ test olindi va ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya uyushtirildi. Mutaxassisliklari bo‘yicha suhbatdan o‘tkazildi.