Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Karyera kuni" bo'lib o'tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Taʼlim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligining 2024-yil 22-aprel 02/10-443-sonli xati ijrosini ta’minlash hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2023/2024 o‘quv yili bitiruvchilari uchun «Karyera kuni» mehnat yarmarkasi o‘tkazilishini samarali tashkil etish maqsadida 2024-yil 28-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining Menejment va professional ta'lim fakulteti binosida bo'lib o'tdi. 

Joriy yilning 29-aprel kuni “Menejment va kasb ta’limi” fakultetida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet bilan doimiy aloqalarni o‘rnatgan 15 ta turli korxona va tashkilotlardan kadrlar masalalari bo‘yicha mas’ul mutasaddilar ishtirok etishdi. Fakultet bo‘yicha 85 nafar talaba turli korxona va tashkilot vakillarining dastlabki suhbatidan o‘tib keying bosqichga nomzodlar taqdim etildi.

Uchrashuvda Marketing, amaliyot va professional ta’lim xodimlari, Menejment va professional ta'lim fakulteti dekani va professor o‘qtuvchilari, shuningdek, uchrashuvga “SIFAT CENTER” MCHJ, “VITA-VET PLUS” MCHJ, “Asia alliance standart” OOO hamda boshqa 10 dan ortiq korxonalar tashrif buyurdi.

Tadbirni Menejment va professional ta'lim fakulteti dekani Q.Sh.Jalilov kirish so'zi bilan ochib berdi. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti kafedra mudiri V.Ismoilov korxonalardan tashrif buyurgan xodimlar bilan tanishtirib, ochiq muloqot shaklida kechgan uchrashuvda tashrif buyurgan tadbirkor talabalarga o'zlarining qimmatbaho maslahatlari ulashib, hayotda har bir inson tadbirkor bo‘lishi kerakligi haqida ta’kidladilar. Korxona mutaxassisi tomonidan bitiruvchi kurs talablarga uchun bo'sh ish o'rinlari aytib o'tildi.

Talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollarini berib, tashrif buyuruvchilardan yetarlicha javob oldilar.