Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Mexanik muhandislik (Mechanical Engineering)" qo’shma o’quv kursi boshlandi.

Joriy yilning 13-may sanasidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida, IItaliyaning Milan politexnika universiteti hamda Tomsk politexnika universiteti bilan hamkorlikda "Mexanik muhandislik (Mechanical Engineering)" qo’shma o’quv kursi boshlandi. 

 O’quv kursini Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Z.A.Babaxanova va Korxonalar va ta'lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektor A.N.Shernayev rasman ochib berishdi.

O’quv kursining birinchi kunida Milan Politexnika universiteti professori Massimiliano Bestetti "Heat Exchangers.Basics" va "Materials Engineering, Science, Processing and Design" mavzusida ma’ruza qilib berdi.

Ma’lumot uchun: kursda 45 nafar ishtirokchi qatnashadi.