Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakultetida "Rahbar va talaba-yoshlar" ochiq muloqoti bo'lib o'tdi.

025-yilning 20-fevral sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakultetida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich ishtirokida talabalar bilan "Rahbar va talaba-yoshlar" ochiq muloqoti bo'lib o'tdi.

Unda joriy yilning 14-fevral kuni Prezidentimiz yoshlar bilan oʻtkazgan uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va yangi islohotlar haqida fikr almashdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida institut talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Ta’lim sifati, amaliyot jarayonlari, ilmiy tadqiqotlarga kengroq jalb etish, xorijiy tillarni o‘rganish va xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etish kabi mavzularda muhokamalar olib borildi.