Tadbir rektorning xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi G.Aripova, fakultetlarning xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari va institut psixologi S.Mirzaeva hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir davomida ayollarni zoʻravonlik va tazyiqdan himoya qilish, notinch va notoʻliq oilalar muammolari kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar uchun davra suhbatlari va turli tanlovlar oʻtkazilib, ularning faolligini oshirishga chaqiruvlar boʻldi.
Bu tadbir orqali oilaviy muammolar va ularni hal qilish yoʻllari haqida xabardorlikni oshirish, shuningdek, yoshlarni oilaviy qadriyatlar va tinch oila muhitini shakllantirishga jalb etish maqsad qilingan