Ijtimoiy tarmoqlar

Ushbu shior ostida Toshkent kimyo-texnologiya institutida ertalabki sport mashqlari va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan bugun erta tongda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi. Asosiy maqsad — talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda yoshlarning salomatligini mustahkamlashdan iborat.

Ertalabki badantarbiya nafaqat jismoniy chiniqish, balki kun davomida tetik va sergak bo‘lish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Institut rahbariyati tomonidan bunday sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarni muntazam o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bu yoshlarning salomatligini mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.