Ijtimoiy tarmoqlar

Xalqaro innovatsion-investitsion forum o‘z ishini boshladi.

“InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasidagi tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi. 

– O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Ularning aksariyati yoshlar va ilm-fan bilan bog‘liq. Yangi O‘zbekistonning kejalagini barpo etishda asosiy yo‘nalish sifatida innovatsiyalar hamda ilm-fanga e'tibor qaratilmoqda. Ularni rivojlantirishda xalqaro hamkorlar bilan ishlash juda muhim. 

Innovatsiyalar – yoshlar demak. Innovatsiyalar rivojlanishi uchun ularni tijoratlashtirish muhim. Bunda esa ijodkorlik muhim rol o‘ynaydi. Bu o‘rinda yangi g‘oyalar, yangi fikr hamda yangi loyihalar yoshlardan chiqadi.

 I.Abdurahmonov investorlarga alohida murojaat qildi: 

– Innovatsiyaga investitsiya kiritar ekansiz sizlarga turli imtiyozlar beriladi. Shuningdek innovatsiyalarni joriy etmoqchi bo‘lsangiz soliqlarda imtiyoz beriladi.

Odamlar innovatsiyalarni bugun sezishlari kerak. Ertaga emas. Shu sababli ham sizlar kiritgan investitsiyalar odamlar hayotiga ham yengillik berishi mumkin.

 Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya institutining rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligidagi institut hamda Vengriyada ntashrif buyurgan delegatsiya ishtirok etmoqda.