Ijtimoiy tarmoqlar

Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan har yili o’tkazilib kelinadigan "Xitoy tili koʻprigi - 23" butunjahon talabalari xalqaro musobaqasining final bosqichi bo'lib o'tdi

Ushbu musobaqada Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchisi janob Yuy Dzyun, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov, Xalqaro aloqalar bo'lim boshlig’i S.S.Saidaxmadov va boshqa OTM rektorlari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida institutimiz rektori B.Sh.Usmonov Oliy talim, fan va innovatsialar vazirligi nomidan musobaqa ishtirokchilariga va tashkilotchilariga muvoffaqiyat tilab so’ngi yillarda Xitoy Xalq Respublikasi hamda O'zbekiston Respublikasi o'rtasida ta'lim, iqtisodiyot yo’nalishlarda olib borilayotgan hamkorlik aloqalariga urg’u berib o’tdi.

Xususan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Xitoyning yetakchi ta'lim va ilmiy tadqiqot muassalari bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalariga alohida urg’u berib o’tdi. Shandun fanlar akademiyasi bilan so’ngi yillarda amalga oshirib kelyotgan hamkorlik ishlari, professor-o’qituvchilarning almashinuvi va stajirovka haqida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berdi.

Shuningdek, hamkorlik aloqalarida yaqindan ko’mak ko’rsatib kelayotgan Xitoyning O'zbekistondagi elchixonasi vakillariga va elchi janoblariga chuqur minnatdorchilik bildirib hamkorlikni yanada mustahkamlashga va rivojlantirishga kelishib olindi.