Ijtimoiy tarmoqlar

"Yashil kimyo va barqaror rivojlanish" xalqaro ilmiy haftaligi doirasida o'tkazilgan "Yoshlar haftaligi" sport musobaqalari g'oliblari, eng yaxshi spikerlar, iqtidorli yoshlar, xakatonning g'oliblari hamda bir qator xodimlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 27-may kuni "Yashil kimyo va barqaror rivojlanish" xalqaro ilmiy haftaligining yakunlash marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu haftalik doirasida o'tkazilgan sport musobaqalari g'oliblarini institutimizning Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Anvar Shernayev diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirladi.

Shuningdek "Yashil kimyo va barqaror rivojlanish" xalqaro ilmiy haftaligida faol ishtirok etgan bir qator yoshlarni institutimizning Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Zebo Babaxanova diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirladi.

 "Yashil kimyo va barqaror rivojlanish" xalqaro ilmiy haftaligi doirasida o'tkazilgan xakatonning g'oliblari hamda bir qator faol yoshlar va xodimlarni institutimizning Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Bobiromon Qodirov va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Xayrulla Pulatov diplom, statuetka hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirladi.