Fizika va energetika kafedrasi



     Kafedra 1991-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2005-yili “Fizika” kafedrasiga “Elektrotexnika” bo‘limining qo‘shilishi natijasida uning faoliyati kengaytirilgan. 2023-yildan boshlab kafedra “Fizika va energetika” kafedrasi sifatida faoliyat yurita boshladi.

      Kafedrada yuqori malakali, tajribali professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda, ular har bir bitiruvchi talabaning yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun alohida yondashib kelmoqdalar. Hozirda kafedrada 5 professor, 6 nafar dotsent, 7 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat - 48 %.

      Kafedra institutning barcha ta’lim yo’nalishlariga fizika, elektrotexnika va elektronika asoslari va amaliy elektronika fanlaridan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boradi. Bundan tashqari, kafedrada 2022 yildan boshlab 60710500 - Energetika (kimyo va oziq-ovqat sanoati) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Kafedrada mexanika va molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika va atom fizikasi bo‘limlari bo‘yicha hamda elektrotexnika va elektronika asoslari fanlaridan o‘quv laboratoriya xonalari mavjud bo‘lib, talabalarga tajriba ishlari orqali fizika, elektrotexnika va elektronikaning asosiy qonuniyatlari bo‘yicha ta’lim beriladi.

       Kafedra 60710500-Energetika (kimyo va oziq-ovqat sanoatida) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kimyo va oziq-ovqat sanoatining ishlab chiqarish hamda qayta ishlash korxonalarida texnologik jarayonlarning energetik ta’minoti, elektrotexnik qurilmalardan va vositalardan foydalanish bilan bog‘liq muxandislik masalalari, shuningdek ishlab chiqarishga yangi innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish va energetik tejamkor ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog‘liq kasbiy sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan.

Kafedraning o‘quv faoliyati.

Kafedrada quyidagi fanlardan ma’ruza, amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi:

1. Fizika 1,2

2. Elektrotexnika va elektronika asoslari

3. Sanoat elektronika asoslari

4. Sanoat korxonalari energetika ta’minoti

5. Elektrokimyoviy energetika

6. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

7. Elektr o‘lchov asoslari

8. Elektr tokining kimyoviy manbalari

9. Yo‘nalishga kirish

10. Kimyo sanoati energetik qurilmalari

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv faoliyati bilan bir qatorda o‘quv-uslubiy ishlar bilan ham faoliyat olib borishmoqda. Jumladan, 2023-2024 yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 25 ta darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va trening kurslari chop etildi.

Jumladan:

     1. U.T.Asatov, G.A.Abdurazzoqova “Fizikadan masalalar to‘plami” o‘quv qo‘llanma, 06.03.2024, Ijod-print, Toshkent.

     2. M.A.Tуламетов “Основы физики” учебник, 06.03.2024, Ташкент, Ижод-принт.

     3. Umarov I.P. “Elektr yoritish tizimlari” uslubiy qo‘llanma 2024 y. TKTI.

     4. Muminova Z.A., Ulug‘murodov N. “Fizika 1” fanidan o‘quv uslubiy majmua. TKTI.

     5. Asatov U.T., Muminova Z.A. Fizikadan laboratoriya ishlar to‘plami. 2023. TKTI.

     6. Karimova S.T., Muminova Z.A. Physics 1,2. Study Programm.

     7. G.T.Badalova “Energetika menejmenti” fanidan amaliy mashg‘ulot bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. 2024 y. TKTI.

     8. G.T.Badalova “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanidan “Mustaqil ishlarni tashkil qilish” mavzusi bo‘yicha” uslubiy qo‘llanma 2024 y. TKTI.

     9. A.I.Xudayberdieva, G.T.Badalova, U.Pirmetov «Fizika» fanidan TKTI va Bo‘stonliq tumanidagi 54-maktab bilan hamkorlikda O‘quv uslubiy qo‘llanma 2024 y. TKTI.

    10. A.I.Xudayberdieva, N.X.Ulug‘murodov, Z.A.Muminova S.T.Karimova Fanning o‘quv – uslubiy majmuasi ishlab chiqildi va fanning elektron modul papkasi yaratildi. 2024 y. TKTI.

 

                      Kafedraning ilmiy faoliyati

      Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda: «Texnika oliy o‘quv yurtlarida Fizika fanini innovatsion o‘qitish mazmuni va metodikasini takomillashtirish (kimyo texnologiyasi misolida)» (Xudayberdieva A.I.); «Lazer-fluoressent usulida o‘simliklarning masofaviy spektroskopiyasi» (Muxamedov A.A., Ernazarov Sh.N.); “Energetika ta’limi yo‘nalishi fanlarida murakkab dinamikali fizik-kimyoviy jarayonlarni amaliy asoslarda o‘qitish” (Mamatqulov M.N., Bozarov I.T.); Suyuqliklar va gazlar mexanikasi (Muminova Z.A., Karimova S.T.); “Nanooʻlchamli kirishmalarga ega quyosh elementlari fizikasi” (Askarov M.A.); “Yer ustiga haydalayotgan sizot suvlarini elektr aktuatsiya usuli bilan demineralizatsiya qilish va atrof muhitga ta’sirini kamaytirish” (Bo‘riboyev Sh. N., Ulug‘murodov N. X.); “Issiqlikni uzatilishi va almashinuvi jarayonlarida harorat maydoni mikrostrukturalarining energetik samaradorlikka ta’siri” (Axmedova N., dosent Mamatqulov M.N.); “Talabalarda fizika fanidan amaliy mashg‘ulot darslarida eksperimental kompetensiyalarni shakllantirish” (Usarov R.R., prof. Yunusova D.I.); “Oziq ovqat mahsulotlarining element tarkibini gamma nurlari yordamida aniqlash” (Kayumova M.R., Xudoyberdiyeva A.I.) mavzularga ga doir ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Kafedrada ilmiy-uslubiy seminar doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bajarilayotgan ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar natijalari, hamda fizikaning dolzarb muammolari bo‘yicha ma’ruzalar muhokama qilinadi.

 

Kafedra xodimlari quyidagi ilmiy loyihalar ustida ishlamoqda:

1. Dotsent Muminova Z.A. I-20/17-4-4 “Axborot tizimlarida ma’lumotlarga intelektual ishlov berish modellarini yaratish va joriy qilish” ilmiy loyihasida ishtirok etmoqda.

2. Katta o‘qituvchi Askarov M.A. 101128871-ERASMUS-EDU-2023-CBHE Yevropa Ittifoqi dasturlari – DEBSEUz “O‘zbekistonda quyosh energetikasi bo‘yicha bakalavrlar uchun maqsadli ta’lim dasturini ishlab chiqish” (2023-2026 yy.) loyihasida ishtirok etmoqda.

Kafedra amalga oshirilayotgan xo‘jalik shartnomalari:

1. Maksam-Chirchiq AJ elektriklarini o‘qitish bo‘yicha xo‘jalik shartnomasi.

2. Qo‘ng‘irot soda zavodi MCHJ elektriklarni o‘qitish bo‘yicha xo‘jalik shartnomasi.

      Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan har yili xorijiy va mahalliy jurnallarda 30 dan ortiq maqola; anjumanlar to‘plamlarida 60 dan ortiq maqola va tezislar chop etiladi.

 

Kafedraning hamkor universitet va tashkilotlari:

M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Belorussiya davlati oliy ta’lim muassasalari, Qo‘ng‘irot soda ishlab chiqarish zavodi, Teleradio elektron kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, Toshkent viloyati Oxangaron tumani 1-sonli umumta’lim maktabi, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabi, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 54-sonli umumta’lim maktabi.

 

 

document

Xudayberdiyeva Arofat Isroilovna
Xudayberdiyeva Arofat Isroilovna Kafedra mudiri
fek@tkti.uz +998999104151