Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi kafedrasi



2022-yil 4-dekabrdan boshlab texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori E.SH.Sanayev Go‘sht, sut va konserva mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi. Institut tarkibidagi rotatsiya natijasida 2020-yil 2-sentabrdan boshlab “Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi nomi oʻzgartirildi.

Kafedrada 53 nafar professor-o‘qituvchilar ishlaydi, ulardan 4 nafar professor, 19 dotsent, 9 nafar katta o‘qituvchi, 18 nafar assistent va 3 nafar o‘qituvchi stajorlardir. 

Kafedrani maqsadi: bakalavriatura va magisratura talabalariga oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasining ilmiy asoslari haqida nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar berish, texnologik jarayonlarni xom-ashyodan oqilona foydalanish haqidagi zamonaviy g‘oyalar nuqtai nazaridan olib borish zarurligi, yuqori sifatli mahsulotlarni, ularning iste'molchi hayoti va sog'lig'i uchun xavfsizligini ta'minlash uchun barcha kerakli chora va tadbirlarni qo’llagan holda bilim va yo’nalishni berishdir.

Kafedrani vazifalari: 

- bakalavriatura, magisratura talabalari va ilmiy izlanuvchi tadqiqotchilariga xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarning asosiy fizik-kimyoviy va biologik xossalarini o'rgatish; 

-xom ashyo va tayyor mahsulotning fizik-kimyoviy xossalarining o‘zgarishiga texnologik jarayon parametrlarining ta’sirini o‘rganish; texnologik jarayon davomida xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar xossalarining o‘zgarishi xarakteri; 

- ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini, ishlab chiqarishning zamonaviy yutuqlarini, eng yangi texnik vositalar va texnologiyalarni o'rgatish; oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ustuvorliklar, resurslarni tejovchi texnologiyalarni hamda sifat va xavfsizlik talablarini qo’llay oladigan malakali mutaxassislarni etishtirish hisoblanadi.


Kafedraning o‘quv faoliyati.

Ta'lim yo'nalishlari:

Bakalavr darajasi

60720100 - Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi)

60720500 – Funktsional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi

60720400 – Konservalash texnologiyasi

Magistr darajasi

70720102 - Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi)

70720101 - Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (konserva, go'sht, sut va baliq mahsulotlari)

Doktorlik mutaxassisliklari:

02.00.17 – Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi va biotexnologiyasi.

Kafedrada quyidagi fanlar bo‘yicha bakalavriat darslari tashkil etiladi:

1.Modellashtirish va loyihalash tizimlari

2.Fizik-kimyoviy analizning zamonaviy usullari.

3. Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalari

4.Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini o'rganish usullari.

5.Oziq-ovqat mikrobiologiyasi.

6.Oziq-ovqat mahsulotlarining haqiqiyligini va haqiqiyligini aniqlang.

7 Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini o'rganish usullari

8.Oziq-ovqat mikrobiologiyasi.

 Kafedraga Islom taraqqiyot mablag‘lari xisobidan, go‘shtni qayta ishlash, kolbasa tayyorlash, sosiska tayorlash, sutni qayta ishlash, tvorog tayyorlash, pishloq tayyorlash, yogurt tayyorlash, sut qaymog‘ini olish, sutning tarkibini tezkor aniqlashga mo‘ljallangan uskuna va jixozlar olib kelingan va foydalanishga topshirilgan. 

Kafedraning ilmiy faoliyati.

    Kafedradagi o‘qituvchilar ilmiy salohiyatli o‘qituvchilarga biriktirilgan va olgan natijalari asosida Respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy jurnallarga maqolalar chop etmoqda. So‘nggi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2023-2024 o‘quv yili uchun ixtisoslashtirilgan mahalliy va xorijiy jumladan Skopus bazasiga kiruvchi jurnallarda 74 ta ilmiy maqola chop etilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv faoliyati bilan bir qatorda o‘quv-uslubiy ishlar bilan ham shug‘ullanadilar. Jumladan, 2024-yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 7 ta darslik va 3 ta o‘quv qo‘llanma chop etildi etildi. 

Kafedra doimiy ravishda institut kesimidagi xalqaro konferensiya va seminarlarda, jumladan “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot”, “Women in STEM-2024” va boshqalar, tashkiliy ishlari bo‘yicha ishtirok etib boradi.

Kafedraning barcha o‘qituvchilari doimiy ravishda malaka oshiradilar. Kafedraning barcha o‘qituvchilari ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi C1 darajasidagi sertifikatga, shuningdek IELTS, TESOL, TOEFL, CEFR sertifikatlariga ega.

Kafedraning hamkor universitet va tashkilotlari: 

Latviya tabiiy fanlar va texnologiya universtiteti, Hindiston Integral Universtiteti, Vengriyaning Obuda Universtiteti, Belarussiya texnologiya universtiteti, Sankt-peterburg davlat texnika instituti, Turkiyaning Yildiz texnika universtiteti, Tojikiston texnologiya instituti.  


document

Sanayev Ermat Shermatovich
Sanayev Ermat Shermatovich Kafedra mudiri
gskmtk@tkti.uz +998971579687