Umumiy kimyo kafedrasi



Kafedra institut Ilmiy Kengashining 2022 yil 5 sentabrdagi ___-sonli buyrug‘iga asosan “Umumiy kimyo” kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib, umumkasbiy fanlardan bakalavriat (sirtqi va kunduzgi) ta’lim yo‘nalishlarining 1, 2 kurs talabalariga o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Kafedra Oliy ta’lim muassasalarining kafedralarida ish yuritish tizimini takomillashtirish yuzasidan vazirlik tomonidan tavsiya qilingan yo‘riqnoma bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Maqsadimiz kelajak avlodga ta’lim berish jarayonida ilg’or xorijiy tajribalarni qo’llash va amaliyotga tadbiq qilishni jadallashtirish, o‘quv mashg‘ulotlarini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim dasturlaridan foydalangan holda olib borish hamda fanlardan o‘quv dasturlarini takomillashtirishdan iborat. Dars mashg’ulotlarini ishlab chiqarish bilan bog`lash, shu bilan birga xorijiy adabiyotlar va zamonaviy asbob-uskunlardan foydalanishni o`rgatish. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun: ularni bilim olishga, sport bilan shug’ullanishga, o‘z ustida ishlashga, zamonaviy texnologiyalar yutuqlaridan maqsadli foydalanishga, ilmiy tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga undash, ishlab chiqarish korxonlari bilan amaliyot o’tashni takomillashtirish.

Kafedra:

5310900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti;

5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish;

5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar;

5320400 – Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha);

5320500 – Biotexnologiya;

5310100 – Energetika;

5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha);

5322400 – Yog‘lar, efir moylari va parfyumeriya kosmetika mahsulotlari texnologiyasi;

5322500 – Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi;

5322700 – Konservalash texnologiyasi;

5322800 – Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi;

5321300 – Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi;

5321400 – Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi;

5322200 – Gazlarni chuqur qayta ishlash texnologiyasi;

5630100 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishlari bо‘yicha 1 va 2 kurs bakalavriat talabalariga “Umumiy kimyo”, “Noorganik kimyo 1”, “Noorganik kimyo 2”, “Organik kimyo 1” va “Organik kimyo 2” fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.

2019 yil 3 maydagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi PQ-4306 son qarori; 2020 yil 6 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4884 son qarori; 2020 yil 12 avgustdagi PQ-4805 son qarori, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish, hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta`lim muassasalariga qarashli Kimyo, Biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Ibn Sino nomli maktab, Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi va prezident maktablari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Kafedraning yetakchi professor o’qituvchilari kimyo fani bo’yicha fan olimpiadalarida hay’at a’zosi sifatida hamda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi qoshidagi kimyo va biologiya

fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun dasturlar, darsliklar yozishda ishtirok etadi.