Kafedra «Plastmassa texnologiyasi» nomi bilan 1959 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1967 yildan kafedra «Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi» nomi bilan yuritilgan. 2001 yildan 2004 yil mart oyigacha kafedra «Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi» nomi bilan yuritilgan. 2004 yil mart oyidan boshlab hozirgi kungacha kafedra «Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi» nomi bilan atalmoqda.
Kafedrada yuqori malakali, tajribali professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda, ular har bir bitiruvchi talabaning yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun alohida yondashib kelmoqdalar. Hozirda kafedrada 5 professor, 4 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 70 %.
Kafedra ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiradi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilingan. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.
Sirtqi ta’lim dasturini o‘zlashtirishning me’yoriy muddati 5 yil.
Bakalavriatura bo’yicha:
- 60710100 – Kimyo muhandisligi (plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi) bo’yicha;
- 60710100 – Kimyo muhandisligi (lok-bo’yoq materiallar texnologiyasi) bo’yicha;
- 60710100 – Kimyo muhandisligi (yuqori molekulali birikmalar texnologiyasi) bo’yicha;
- 60710100 – Kimyo muhandisligi (rezina texnik buyumlar texnologiyasi) bo’yicha;
Magistratura mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo’yicha o’qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil.
Magistratura bo’yicha:
-70710101– Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulali birikmalar texnologiyasi)
-70710101– Kimyoviy texnologiya (rezina texnik buyumlari texnologiyasi)
Kafedra 60710100 – Kimyo muhandisligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarga – ishlab chiqarish-texnik bilim sohasidagi monomerlar, oligomerlar, yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi, polimerlar va plastmassalarni qayta ishlash, qayta ishlash jihoz va apparatlari, polimer nanokompozitsiya va polimer kompozitsion materiallar, ikkilamchi plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi, plastmassalardan qadoqlash buyumlarini olish, plastmassalarni qayta ishlash korxonalari loyihalari bilan bogʻliq vositalari va usullari, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va jihozlarni tadbiq etish, zamonaviy va xavfsiz ishlab chiqarishni tashkil etish va uni boshqarish sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan.
Kafedraning o‘quv faoliyati.
Kafedrada quyidagi fanlardan ma’ruza, amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi: Umumiy kimyoviy texnologiya, Materialshunoslik, Monomerlarni sintez qilish usullari, Yuqori molekulali birikmalar kimyosi va fizikasi, Yuqori molekuli birikmalar ishlab chiqarish va qayta ishlah jixozlari, Plastmassani qayta ishlash texnologiyasi va b.
Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv faoliyati bilan bir qatorda o‘quv-uslubiy ishlar bilan ham faoliyat olib borishmoqda. Jumladan, 2021-2024 yillarida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 35 ta darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va uslubiy qo’llanmalari chop etildi.
Jumladan:
1. Jurayev A.B., Yuldashov D.Ya., Teshabayeva E.U., Adilov R.I., Materialshunoslik fanidan, o‘quv-qo‘llanma, 2021, Toshkent kimyo texnologiya institute bosma xonasida chop etilgan, Toshkent, 180 b. 2. Abdurashidov T.R., Magrupov F.A., Alimuxamedov M.G., Jurayev A.B., Poliolefinlar texnologiyasi fanidan o‘quv-qo‘llanma, 2021, Tafakur tomchilari, Toshkent, 255 b.
3. Ayxodjayev B.B., Qoplama xosil qiluvchi materiallar texnologiyasi fanidan darslik, 2022, Zebo Print, Toshkent 380 b.
4. Alimuxamedov M.G., Adilov R.I., Jurayev A.B., Monomerlarni sintez qilish usullari fanidan o‘quv qo‘llanma, 2021, Tafakur tomchilari, Toshkent, 205 b.
5. Ayxodjayev B.B., Tadjixodjayeva U.B., Adilov R.I., Tillayev A.T., Qoplama xosil qiluvchi polimerlar texnologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlari fanidan o‘quv qo‘llanma, 2022, BOOK Trede KO, Toshkent, 210 b.
6. Abdumavlyanoma M.Q., Polimerlarni kimyosi va texnologiyasi xamda ularni sinash fanidan o‘quv qo‘llanma, 2022, VNESHIN VESTPROM, Toshkent, 240 b.
7. Abdumavlyanova M.Q., Adilov R.I., Xusenov A.Sh., Muxiddinov U.D., Polimer kompozision materiallar yaratishning asoslari fanidan darslik, 2023, VNESHIN VESTPROM, Toshkent, 135 b.
8. Magrupov F.A., Alimuxamedov M.G., Adilov R.I., Jurayev A.B., Plastmassalar ishlab chiqarish texnologiyasi fanidan darslik, 2024, City of Book, Toshkent, 590 b.
9.To‘ychiyev I.I., Axunbabayev U.O., Alimuxamedov M.G., Xasanova S.X., Maxalliy resurslar asosida yangi turdagi gazlamalar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish Monografiya, Poligraf super Servis, Marg’ilon, 2023, 155 b.
Kafedraning ilmiy faoliyati
Kafedrada ko‘p yillardan beri “Pentozan saqlovchi birikmalar asosida yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar yaratish” mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlar davom ettirilmoqda. Ushbu kunga kelganda shu yo‘nalish bo‘yicha asosiy makromolekulasida furan xalqalari saqlovchi oligomer va polimerlarning yangi avlodlari yaratildi va ularni strukturasi o‘rganildi. Shuning natijasida oligomer makromolekulasida avvaldan berilgan furan xalqalari miqdorini rostlash va shu orqali turli xossalarga ega bo‘lgan polimerlar yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Undan tashqari xozirda kafedrada ikkilamchi polietilentereftalat maishiy chiqindilari asosida birlamchi polietilentereftalat sintez qilish, turli maqsadlarga qo‘llaniladigan rezino-texnik maxsulotlar yaratishning nazariy asoslari va texnologiyasi, maxalliy xom-ashyolar asosida lok-bo‘yoq va qoplama xosil qiluvchi materiallar, avtomobil va mahalliy sanoat uchun polimer kompozitsiyalari, rezina sanoati korxonalari uchun mahalliylashtirish dasturi asosida samarali ingredient va komponentlar yaratishning asoslari, rezina sanoati ikkilamchi chiqindilarini qayta ishlash usullari va ular asosida materiallar olish texnologiyalari ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Kafedrada ilmiy-uslubiy seminar doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bajarilayotgan ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar natijalari, hamda polimerlar kimyosi va texnologiyasining dolzarb muammolari bo‘yicha ma’ruzalar muhokama qilinadi.
Kafedra xodimlari quyidagi ilmiy loyihalar ustida ishlamoqda:
Kafedra ta’lim va fan jarayonini samarali tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan davlat dasturlari doirasida fundamental, amaliy loyihalar bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Bular :
1. t.f.d., prof. Alimuxamedov M.G. - OT-F7-13 “Yuqori molekulali termoreaktiv oligomerlar va ularni tikilgan holatga o‘tish qonuniyatlari”
2. t.f.d., prof. Adilov R.I. - PZ-20170930262 – “Nordon gazlarni gidroksil guruhi saqlovchi simmetrik triazinlar turkumidagi alkanolaminlar bilan tozalash texnologiyasini ishlab chiqish.
3. t.f.d., prof. Jurayev A.B. - PZ-20170919142 - “Polietilentereftalat maishiy chiqindilari asosida lok-buyoq materiallari, ko‘pirtirilgan poliuretan kompozisiyalarini yaratish va ularni amaliyotga tadbig‘i.
4. t.f.d., prof. Jurayev A.B. -«A-OT-2021-21- Minerallashgan quvur, fiting, panel va ishlab chiqarishning innovasion texnologiyasini yaratish».
Kafedra amalga oshirilayotgan xo‘jalik shartnomalari:
1. t.f.d.,prof. Alimuxamedov M. G.№ 08/05-20 «To‘qimachilik sanoati uchun poliefir tolalari olish va ular asosida yangi tuzilishdagi to‘qimachilik aralash iplari va gazlamalar ishlab chiqarish yangi texnologiyalarini yaratish» mavzusidagi xo’jalik shartnoma.
2. t.f.d., prof. Alimuxamedov M. G. 14K/22 raqamli “Bosim ostida quyish bilan qayta ishlanadigan polietilen markalarini texnologik xossalarini rostlash” mavzusidagi xo’jalik shartnoma.
3. t.f.d., prof. Jo’raev A.B. 4k/23 raqamli “Poliolefin elastomer tarkibini taxlil qilish” mavzusidagi xo’jalik shartnoma.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan har yili xorijiy va mahalliy jurnallarda 50 dan ortiq maqola; anjumanlar to‘plamlarida 150 dan ortiq maqola va tezislar chop etiladi.
Kafedraning hamkor universitet va tashkilotlari:
1. Rossiyaning Kimyo – Texnologiya Universiteti
2. Belorus Davlat Texnika Universiteti
3. A. Quatbekov nomidagi Xalqlar Do‘stligi Universiteti
4. Sank-Peterburg yuqori molekulali birikmalar ilmiy tadqiqot instituti
5. M. Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat Universiteti
6. Tomsk Politexnika Universiteti