Atrof-muhit muhofazasi (kimyo va oziq-ovqat sanoati)

70710401 - Atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 15 kredit, bir o’quv yilida 30 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 2 yil bo’lib,talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to’lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

70710401 - Atrof-muhit muhofazasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, fan va ishlab chiqarish, korxona va tashkilotlar, davlat boshqaruvi organlari, atrof muhitni muhofaza qilish laboratoriyalari, ichimlik suvi tayyorlash va nazorat qilish laboratoriyalari, sanitariya epidemiologiya stansiyalari laboratoriyalari, FVV laboratoriyalari, bojxona xizmati laboratoriyalari, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Magistratura ta'lim dasturi haqida
Atrof-muhit muhofazasi (kimyo va oziq-ovqat sanoati)

Magistraturaga kirish talablari

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7771270 so'm
  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 kredit miqdori 129521 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998995382862
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998995382862
  • E-Pochta: ekok@tkti.uz
  • Manzil: Qibray tumani, ToshIES qo'rg'oni, Farovon mahallasi, 1-uy

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Ko'rish
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Ko'rish
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Eksperimentni rejalashtirish Ko'rish
  • Eksperimentni rejalashtirish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari Ko'rish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Yashil iqtisodiyot Ko'rish
  • Yashil iqtisodiyot
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar Ko'rish
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • Ekologik loyihalash va ekologik expertiza Ko'rish
  • Ekologik loyihalash va ekologik expertiza
  • Loyiha boshqaruvi Ko'rish
  • Loyiha boshqaruvi
  • Sanoat tarmoqlarida atrof muhit muhofazasi Ko'rish
  • Sanoat tarmoqlarida atrof muhit muhofazasi
  • Atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari Ko'rish
  • Atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari
  • Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asoslari Ko'rish
  • Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asoslari
  • Oqova suvlarni tozalashning ilg'or texnologiyalari Ko'rish
  • Oqova suvlarni tozalashning ilg'or texnologiyalari
  • Sanoat korxonalarida suvning yopiq zanjirli tizimini tashkil qilish Ko'rish
  • Sanoat korxonalarida suvning yopiq zanjirli tizimini tashkil qilish

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Atrof-muhit muhofazasi (kimyo va oziq-ovqat sanoati) sohasiga oid nazariy, amaliy, ilmiy matematika, fizika, chizma geometriyasi va axborot texnologiyalari tamoyillarini tushuntira oladi;
  • Kimyoviy reaksiyalar tamoyillarini, kimyoviy kinetikasini, organik va noorganik birikmalarning tuzilishini, stereokimyo asoslarini tavsiflay oladi; analitik , fizik-kolloid kimyo ularning atrof-muhit muhofazasida qo‘llanilishini tushuntira oladi;
  • Atrof-muhit muhofazasining nazariy va amaliy asoslari va tushunchalarini tushuntira oladi, biosferada moddalar va energiyani aylanma harakatini tushuna oladi, korxonalarda tabiiy va energiya resurslaridan oqilona foydalanish, gaz-chang chiqindilari va oqova suvlarni tozalash  va chiqindilarni  qayta ishlash  asoslarini biladi, barqaror rivojlanish tushunchalarini tavsiflay oladi;
  • Atrof-muhit muhofaza qilishning asosiy nazariy jihatlari va tushunchalarini tavsiflay oladi va atrof muhit holatiga tahdid soluvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish malakasiga ega; 
  • Kengroq multidisipliner kontekstni tushuntira oladi va boshqa texnologiyalarning usullari va jarayonlarini qo'llay oladi, atrof-muhit muhofazasi jarayonlarini tushuntira oladi.