Toshkent kimyo-texnologiya institutida jami 79 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar, talaba magistrant va doktorantlarni ilg’or horijiy universitet va ilmiy-tadqiqot institutlarida xizmat safarlari va akademik almashinish tashkil etildi, shu jumladan:
Malaka oshirish, stajirovka, o‘quv kurslariga yuborilgan - 7 nafar bevosita va 22 onlayn;
Bakalavriat, magistraturada o‘qish uchun - 50 nafar.
2020 yildagi TKTI xodimlari xorijiy tashriflari va stajirovkalari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining 07.05.2019 yildagi 9-sonli bayoni qaroriga muvofiq 3 nafar xodim chet elda malaka oshirish va stajirovka o‘tdi: “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan chet elda magistratura dasturlari asosida ta’lim olishga yuborish bo‘yicha o‘tkazilgan Tanlovda g‘olibi bo‘lgan “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” fakulteti magistranti F.B.Erkinov Koreya Respublikasining Ulsan universitetida magistraturani muvaffaqiyatli tamomlab, Ulsan universitetining Magistr diplomi bilan TKTIga qaytdi. Ayni vaqtda o‘z faoliyatini institutda assistent lavozimida davom ettirmoqda.
“Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan chet elda Boboev Akmal Xotamovich- Bijg‘ish maxuslotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Daniyaning Kopengagen universitetida, 04.01.2020-13.03.2020 y.y. stajirovkasi tashkil etildi; Akramova Ra’no Ramzitdinovna - "Oziq-ovqat texnologiyasi" kafedrasi dotsenti, Daniyaning Kopengagen universitetida, 15.01.2020-14.02.2020 y.y. malaka oshirdi.
11 nafar xodim "Oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatining zamonaviy texnologiyalari va uskunalari. Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish uchun yangi ta’lim texnologiyalardan foydalanish" mutaxassisligi bo‘yicha 144 o‘quv soat xajmda Belorussiyaning Mogilev davlat oziq-ovqat universitetida onlayn stajirovka o‘tildi va sertifikatga ega bo‘ldi.
Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, rasmiy tashriflar.
Yevropa Ittifoqi “Erasmus+ ICM (KA107) projects mobility” akademik almashinuv dasturlari bo‘yicha:
"1918 yil 1 dekabr" Alba Yuliya Universiteti (Ruminiya) rektori prof. Breaz Valer Daniel TKTIga tashrif buyurdi.
Oviedo Universiteti (Ispaniya)da institutning 1 nafar professor-o‘qituvchi (Z.Qurbonov) va 1 nafar magistrant talabasi (A.Tadjibaev) bir semestr davomida o‘qishga yuborilgan. Oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishi 15-18 guruh magistranti A.Tadjibaev Oviedo universtitetidagi uqishishni muvaffaqiyatli yakunlab sertifikatga ega buldi.
Kantabriya universiteti (Ispaniya)da “Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi” kafedrasi 12-17-guruh talabasi S.S.Saidaxmadov o‘qishini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikatga ega bo‘ldi.
Kopengagen universiteti (Daniya)da 1 nafar tayanch doktorant ilmiy stajirovka o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldi (xujjatlar rasmiylashtirilmoqda). Pandemiya sharoiti bilan aviaqatnovlar bekor qilinganligi sababli ilmiy stajirovka muddati qoldirildi.
PhD doktorantura stajirovkalari bo‘yicha:
1 nafar doktorant D.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetida PhD dasturi bo‘yicha 3 yil taxsil olmoqda (2017-2021 yy).
4 nafar professor-o‘qituvchi O‘zR OO‘MTV va Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vazirligi o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi 08.11.1999 yilda imzolangan Bitim asosida XXR oliygoxlarida Post Doc dasturi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot stajirovkalari o‘tib, xozirgi vaqtda TKTIda faoliyat yuritmoqda. Stajirovka natijasida xalqaro va amaliy ilmiy-tadqiqot loyixa tayyorlanib, O‘zR Innovatsion rivojlanish vazirligi e’lon qilgan tanlovlarga topshirilishi rejalashtirilgan.
1 nafar professor-o‘qituvchi Tianjin University (XXR)da hukumatlararo bitimga asosan 10 oylik stajirovkani muvafaqiyatli o‘tdi.
O‘zR hamda xorijiy davlat hukumatlari bilan tuzilgan “Yo‘l xaritalari”ga asosan TKTIning 39 nafar professor-o‘qituvchilari 10ga yaqin horijiy universitetlarga ilmiy-amaliy anjumanlarda, xalqaro simpoziumlarida ishtirok etish uchun yuborildi. Shu jumladan: malaka oshirish, stajirovkaga - 4; ilmiy-amaliy konferensiya, seminar, simpoziumlarda ishtirok etish- 3 nafar xodim yuborilgan.
Institut xodimlarining xalqaro anjuman va forumlarda ishtirok etishdi:
-10 nafar xodim Italiya, Belorussiya va Gruziya davlatlarida xorijiy anjumanlarda, shu jumladan onlayn tarzda;
-1 nafar xodim 1-oylik malaka oshirish va 1 nafar xodim 3-oylik stajirovkani Daniya Kopengagen universitetida amalga oshirdi.
-1 nafar xodim AQSh American Counsil for International Education tomonidan moliyalashtirilgan “Faculty Enrichment Program (FEP)” dasturi asosida AQShning Kanzas universitetida 4 oylik stajirovka o‘tmoqda.
- 8 nafar xodim Osh davlat universitetida tashkil etilgan “Prioritetы i problemы organizatsii vneshney akademicheskoy mobilnosti studentov i prepodavateley sredi vuzov-partnerov Kazaxstana, Uzbekistana, Tadjikistana i Kыrgыzstana” xalqaro seminarda "Akademik almashinuv loyixalari - muammo va yechimlar" mavzusida taqdimot bilan onlayn ishtirok etdi.
-7 nafar xodim Belorussiya davlat texnologiya universitetining 90-yilligi munosabati bilan tantanali anjuman va «Innovatsionnыe silikatnыe i tugoplavkie nemetallicheskie materialы i izdeliya: svoystva, stroenie, sposobы polucheniya» xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumanda o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.
-1 nafar xodim Rossiyadagi Rossiya va O‘zbekiston OTMlari rektorlari mintakalararo onlayn-konferensiyasida, Moskva xalqaro ta’lim salonida ishtirok etdi.
Xorijiy yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli ilmiy hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish maqsadida Tojikiston Respublikasi Energetika instituti “Elektr ta’minlash va rele himoyalash” kafedrasining mudir o‘rinbosari Faxerov Gurezxon Murodovichni “NEST Fan Yagnob koni ko‘mirining fizik-kimyoviy xossalari va texnologik qayta ishlash” mavzusidagi dissertatsiya ishiga ikkinchi ilmiy raxbar etib TKTIning “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi dotsenti t.f.n. Sharipova Xabiba Teshaevna tayinlandi va 15.01.2020 – 15.02.2020 yy. kunlari doktorant Faxerov Gurezxon Murodovichni institutning “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasida ilmiy amaliyot o‘tdi.
Qozog‘iston Respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston Davlat universiteti bilan 2019 yil 20 avgustda tuzilgan shartnomaga asosan ushbu universitetning 2 professor-o‘qituvchi hamda 4 doktorantlari TKTIda 01.12.2020 – 25.12.2020 yy. ilmiy stajirovka o‘tdi.