ISPANIYANING KANTABRIYA UNIVERSITETIDA 1 SEMESTR О‘QISH UCHUN TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 1 NAFAR MAGISTRATURA YOKI DOKTORANTURA TALABASI UCHUN Erasmus+ KA171 GRANTI

Kimlar uchun: TKTI magistratura talabalari (faqat 1-kurs ) va doktorantlari;

О‘qish vaqti: 2024-2025 y. kuzgi yoki bahorgi semestr, 5 oy.

Xujjatlar asl nusxada topshiriladi: muddat -  27-mart, 2024 y.

Ta’lim yо‘nalishi:  Kimyoviy texnologiya, Neft-gaz texnologiyasi, Avtomatika, Jarayon va qurilmalar.

Topshiriladigan xujjatlar (onlayn anketa tо‘ldiriladi va quyidagi xujjatlar ilova etiladi):

1. Erasmus+ KA171 application form (Erasmus+ KA171 ariza shakli)

2. Xorijiy pasport nusxasi

3. CV (Yeuropass standart)

4. Reyting daftarchasi nusxasi va tarjimasi (HEMIS) – magistratura talabalari uchun о‘zlashtirish kо‘rsatkichi 71% dan kam bо‘lmagan GPA 4/5

5. Ingliz yoki ispan tilini bilish sertifikati (eng kami В2 – IELTS 6)

6. О‘qish joyidan ma’lumotnoma

7. Akademik kalendar bо‘yicha reja qilingan semestrda о‘qitiladigan fanlar katalogi (kafedra mudiridan olinadi)

Barcha hujjatlar topshirilgandan sо‘ng suhbat asosida nomzodlar tanlab olinadi.

Batafsil: https://web.unican.es/en/Studying/admission/application-documents-ka171

Xujjatlar institutning Xalqaro aloqalar bо‘limiga asl nusxada 27-mart sanasigacha topshirilishi shart: tel. 97-012-44-55