Lee Geun Seong – Janubiy Koreya Respublikasi fuqarosi, PhD, Silikat materiallar, nodirva kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi professori
Mening ismim Li Geun Seong, men hozirda Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Silikat materiallar, nodirva kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasida professor bo‘lib ishlayman. Men institutga 2021-yil sentabr oyida kelganman, bu yerda ishlayotganimga 3 yil bo‘ldi. Ushbu insitutga kirishimga motivatsiyam, so'nggi 40 yil davomida Koreyaning sanoat maydonlarida, davlat ilmiy-tadqiqot institutlarida, mahalliy va xorijiy kompaniyalarda maslahatchi sifatida olgan tajriba va bilimimni talabalarga yetqazishdir. Institutimiz talabalari O‘zbekistonning kelajakdagi yetakchilaridir va shunday bo‘lishi ham kerak. Institutning yosh talabalari hamisha oq qog‘ozga rasm chizishga tayyor, biz, keksa avlod vakillari esa tajriba va bilimlarimizni yetkazish uchun qalamlarimizni tayyorlashimiz va oq qog‘ozga nima chizish va qanday bo‘yash kerakligi haqida o’rgatishimiz zarur. Buni amalga oshirish orqali talabalar kelgusida ham bo‘lajak yetakchilar sifatida yurt ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishlariga chin dildan umid va tilaklarimni bildiraman. Bundan tashqari, talabalarda mas'uliyat va majburiyat hissi yanada ijobiy rivojlanadi va milliy taraqqiyotga faol hissa qo'sha oladi, deb umid qilaman. Bundan tashqari, men talabalarga shuni ta'kidlashni istardimki, ular "vaqtida" va "o'z vaqtida" tushunchalaridan foydalangan holda nima qilayotganlarini va nima qilishlari kerakligini aniq bilishlari kerak.