Lee Myungsuk - Janubiy Koreya Respublikasi fuqarosi, PhD, Sanoat ekologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, nazarimda, bugungi kunda O‘zbekiston kimyo sanoati uchun muhim o‘quv markazlaridan biri hisoblanadi.
So‘nggi yillarda institutda ko‘plab ichki va tashqi o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Kelajakda TKTI xalqaro toifadagi universitet va Markaziy Osiyoda yetakchiga aylanish salohiyatiga ega. Bunga erishish uchun institut talabalari ko'proq tajribaga ega bo'lishlari, shuningdek, bakalavriat darajasida amaliyot o'tashlari mumkin bo'lgan muhitni yaratishga intilishi kerak.
Xususan, mening fikrimcha, yosh talabalarimiz laboratoriya va eksperimental tadqiqotlarni ko‘proq o‘tkazishlari, shuningdek, iloji bo‘lsa, kimyo sanoati loyihalarida ushbu sohadagi kichik, o‘rta va yirik korxonalar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlarni ko‘paytirishlari kerak, bu esa keyinchalik mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va o'sishida o‘z hissasini qo‘shadi.