“Modifiyalangan asfalt ishlab chiqarishning intellektual jarayonining asosiy jarayonlarini birgalikda tadqiq qilish va ishlab chiqish”

Koordinator: prof. Qoraboev D.T.

Xitoy Xalq Respublikasining Shandon fanlar akademiyasi Avtomatika ilmiy tekshirish instituti bilan xamkorlikda “Modifikatsiyalangan asfalt ishlab chiqarishning intellektual jarayonida asosiy jarayonlarini birgalikda tadqiq etish va rivojlantirish” qо‘shma ilmiy-tadqiqot loyihasi 

Loyihaning umumiy qiymati - 183 миллион сум.

Loyiha bajarilish muddati –2021-2023 y.y.

Loyiha ishining maqsadi: avtomobil yo‘llarini qoplash uchun yuqori va past harorat sharoitida ishlaydigan polimer-bitum kompozitsiyasining mahalliy xomashyo resurslari va chiqindilari asosida texnologiyasini ishlab chiqish va avtomatlashtirish.

Tadqiqot ob’ekti: neft yo‘l bitumi, polimer bitum tarkibi, chiqindi rezina mahsulotlari, kauchuk, tabiiy mineral xom ashyo, neft va gaz sanoati chiqindilari.

Qo‘llanilgan tadqiqot usullari: fizik kimyoviy va fizik-mexanik tadqiqotlar usullari, IQ-spektrokopiya, texnologix i fizik-mexanik xossalari., penetratsiya, Fraas usuli.

Loyiha doirasida erishilgan natijalar:

1. Polimer-bitum tarkibini olish uchun mahalliy ingredientlarning fizik-kimyoviy xossalari o‘rganildi.

2. Ishlab chiqilgan modifikatorlar yordamida ma’lum bo‘lgan yo‘l bitumlarini o‘zgartirishning texnologik parametrlari aniqlandi.

3. Avtomobil yo‘llari uchun polimer-bitum kompozitsiyasining retsepturasi tuzildi.

4. Yo‘l polimer-bitum kompozitsiyalarining xususiyatlariga javob beradigan tarkibiy qismlar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi.

5. Texnologik liniya yaratish uchun kerakli jihozlar xarid qilindi.  

Ilmiy laboratoriya uchun 50 tonna gidravlik press, asfaltdan namuna olish uskunasi, muzlatgich, mikrokontroller, 20 ta kompyuter va orgtexnika jihozlari xarid qilindi.  

Tadbiq etilganlik darajasi –O‘quv laboratoriyasi va sinov tadqiqot laboratoriyasi

Qo‘llanish sohasi.

1. Avtomobil yo‘llarida yo‘l qoplamalari olishda organik bog‘lovchi sifatida ishlatiladi.

2. Qurilishda tom va fundament qismlarini izolyatsiya qilishda ishlatiladigan materiallar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Iqtisodiy samaradorligi – Mahsulot tannarxi kamayishiga va mustaxkamligi oshishiga erishiladi.