Ilmiy maktabda quyidagi mavzularda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda:
- Baliqchilik tarmog'i uchun an’anaviy ozuqa yemi tarkibini azot fosforli mineral qo'shimchalar bilan boyitish;
- Fizalis o'simligining er ustki qismini qayta ishlash va biologik faol ozuqa qo'shimchalar olish texnologiyasi;
- Stevia Rebaudiana o'simligi tarkibidagi glikozidlarni fermentativ modifikatsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish;
- Mahalliy o'simlik manbalaridan olingan ikkilamchi metabolitlarni biotransformatsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish.