Ilmiy maktabda quyidagi mavzularda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda:
- Mahalliy xom ashyolar asosida kaliyli tuzlar olishning resurs va energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish;
- Sulfat-karbonat xomashyosi asosida yuvish vositalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish;
- Past navli Tyubegaton koni silvinitlaridan import o'rnini bosuvchi mahalliy yirik fraksiyali kaliy xlorid bilan yangi energiya va resurslarni tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish;
- Natriy seskvikarbonat asosida sintetik yuvish vosita olish texnologiyasini ishlab chiqarish;
- Tarkibida mikroelement bo'lgan kompleks xelat o'g'itlarni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish;
- Xlorsiz kaliyli o'g'itlar olishning energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish;
- Tabiiy mirobilitdan kaustik soda va sodali mahsulotlar olish texnologiyasini ishlab chiqish.