Ilmiy maktab quyidagi mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib boradi:
- Markaziy Qizilqum fosforitlaridan olingan ekstraksion fosfor kislotasi asosida natriy, kalsiy, kaliy va amoniy polifosfatlarni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish;
- Ko'shkanatog' koni aralash tuzlarini kompleks qayta ishlash texnologiyasini yaratish;
- Tumruq koni mirabiliti va amoniy sulfatini kaliy xloridi bilan konversiya qilib, kaliy sulfati olish texnologiyasini ishlab chiqish;
- Kimyo sanoati korxonalarining shlamli chiqindilarini kompleks qayta ishlash texnologiyasini yaratish;
- Markaziy Qizilqum fosforitlarini nitrat kislotali qayta ishlash asosida kompleks o'g'itlar olishning chiqindisiz texnologiyasini yaratish;
- MQ fosforitlari asosida monokalsiy va monokaliy fosfat ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish;
- Angren kaolinini nitrat kislotasi bilan parchalab alyuminiy oksidi olish texnologiyasini yaratish;
- Markaziy Qizilqum ekstraksion fosfor kislotasi asosida natriy fosfat va polifosfatlar olish texnologiyasini yaratish;
- Markaziy Qizilqum fosforitlarini mineral kislotalar bilan boyitish va ularni kompleks qayta ishlashning samarador texnologiyasini yaratish.