Ilmiy maktabda quyidagi mavzularda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda:
- Muhit bilan aloqada bo'lgan egri quvurlarning chiziqli va chiziqsiz tebranishlarining ilmiy asoslari;
- Deformatsiyalanuvchi asosida o'rnatilgan ko'p qatlamli dissipativ bir jinsli bo'lmagan doirasimon plastinkalarning erkin va majburiy tebranishlar xususiyatlari;
- Erkinlik darajasi chekli mexanik sistemalarning titroqsimon tebranishlarini aktiv va passiv boshqarish xususiyatlari;
- Sferik to'lqinlarning qovushqoq-elastik muhitda joylashgan to'ldiruvchili sferik qobiqqa taʻsiri xususiyatlari;
- Vinkler asosida o'rnatilgan o'zgaruvchan qalinlikdagi qovushqoq-elastik plastinkaning tebranish xususiyatlari;
- Fazoviy ko'p qatlamli qovushqoq elastik silindrik qobiqning tebranish xususiyatlari;
- Yig'ilgan massali dissipativ plastinkasimon va qobiqsimon mexanik sistemalarning tebranish xususiyatlari;
- Yopishqoq suyuqlikli silindrik qobiqlarda chiziqli va chiziqli bo'lmagan to'lqinlarni tarqalish xususiyatlari.