Yirik kompaniyalar, assotsiatsiyalar, jamg'armalar, yuridik va jismoniy shaxslar Toshkent kimyo-texnologiya institutining iqtidorli va g'ayratli talabalarini stipendiyalar bilan qo'llab-quvvatlashlari mumkin.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti stipendiyalar uchun tanlovlarni tashkil qilish va berish masalalarini o'z zimmasiga oladi. Bunda biz ilmga chanqoq hamda moliyaviy muammolar sababli o'qishdan ortda qolayotgan talabalar uchun birgalikda harakat qilmoqchimiz.
Bu bilan siz nimaga erishasiz?
Siz ertangi kunning eng yaxshi iste'dodi bilan aloqada bo'lasiz va yosh iste'dodlarni kompaniyangizga kichik xodimlar sifatida yollashingiz mumkin.
Misol uchun, siz stajirovka takliflari, o'quv loyihalari yoki kompaniyangiz taqdimoti bilan kompaniyangizga qiziqish uyg'otishingiz mumkin. Biz sizni qo'llab-quvvatlashdan xursand bo'lamiz. Daromadingizni ta'limga investitsiya qilganingiz uchun soliqlardan ozod etilasiz.
Stipendiyaga davogar bo'lgan talabalarni saralash bosqichida bevosita ishtirok etib, ular bilan suhbat qurishingiz, imtihon qilishingiz mumkin bo'ladi.
Sizga bir nechta variantlarni tavsiya etamiz:
- Siz bir nafar talabaga har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari(340 000 so'm)dan 5 baravari(1 700 000 so'm)gacha stipendiya joriy qilishingiz mumkin!
- Siz ushbu stipendiyani 1 nafar talabadan 1 000 nafar talabagacha berishingiz mumkin!
- Siz joriy qilgan stipendiya 3 oydan 12 oygacha bo'lgan vaqt davomida berilishini belgilashingiz mumkin!
Kelajakka investitsiya qiling
Texnik va ilmiy fanlar bo'yicha ta'lim texnologik taraqqiyotning eng muhim asosi bo'lib, kelajagimizni ta'minlaydi: Insonlar, jamg'armalar, kompaniyalar, bitiruvchilar, ota-onalar va do'stlar Toshkent kimyo-texnologiya institutini yanada rivojlanishiga turli yo'llar bilan hissa qo'shishlari mumkin. Bizning institut kontseptsiyasi tufayli moslashtirilgan va individuallashtirilgan barcha moliyalashtirish variantlarini taklif qila olamiz.
Maqsad — bir-birini qo'llab-quvvatlash madaniyatiga ega bo'lgan jamiyatni birlashtirishdir. Toshkent kimyo-texnologiya institutida tadqiqot va o'qitishni qo'llab-quvvatlashning ko'plab usullari mavjud. Biz bilan bog'laning, biz sizga maslahat berishdan xursand bo'lamiz!
- Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor:
- Qodirov Bobiromon Bekmurodovich
- b.kodirov@tkti.uz
- +99871 244 79 15