Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchi va ilmiy hodimlari horijiy stajirovka va malaka oshirish dasturlarida faol ishtirok etadi. Hozirgi kunda Toshkent kimyo-texnologiya instituti AQSh, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Bolgariya, Ruminiya, Chexiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Qozog’iston kabi davlatlarning universitetlari bilan 110 ga yaqin ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolagan va shartnoma doirasida institut professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchi, magistrant va talabalarning horijiy stajirovka va akademik almashinuv dasturlarida ishtiroki ta’minlanmoqda, hamda ko‘plab xorijiy professor-o‘qituvchi, mutaxassis va olimlar institutga o‘quv va ilmiy faoliyatga jalb qilinmoqda.
Toshkent kimyo-texnologiya institutida xalqaro aloqalar borasida 1991 yillardan boshlab AQSh, Yevropa, Osiyo mamlakatlarning nufuzli oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va turdosh tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va xalqaro ta’lim dasturlari doirasida xamkorlik aloqalari amalga oshirildi. Ushbu xamkorlik aloqalari natijasida har yili 100 ga yaqin talabalar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar xorijda o‘qish, malaka oshirish hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish imkoniyatlariga ega bo‘libgina qolmasdan, xorijiy mamlakatlarda nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ximoya qilib xalqaro va xorijiy fanlar akademiyalarining akademiklari va faxriy professorlari unvolariga ega bo‘ldilar.
Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2023 yil xolatiga 110 xorijiy oliy ta’lim muassasi bilan Memorandum kelishuv, xamkorlik va almashinuv shartnomalari imzolangan. Universitetlar bilan xamkorlikda ilmiy, amaliy va texnologiya soxasida tajriba almashinuvi loyixalari bajarilib, professor-o‘qituvchilar stajirovkalar o‘tash imkoniyatiga ega.
Professor- o‘qituvchi, yosh olim va tadqiqotchilarning horijiy stajirovkalari halqaro va respublika grant loyihalari doirasida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “El-yurt umidi” jamg’armasi, “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), ilmiy laboratoriyalarni ishlash metodikasini oʻzlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalar” tanlovlari doirasida, ERASMUS+, KOICA, JIKA, POSCO, ITEC, American Counsils, British Counsils va b. halqaro tashkilotlar grantlari, universitetlararo shartnoma va kelishuvlar asosida tashkil etiladi.
2022 yilda xorijiy OTMlarda 122 nafar professor-o‘qituvchi malaka oshirish, stajirovka dasturlari, xalqaro anjuman, kongress, seminar va o‘quv kurslarda ishtirok etgan, shu jumladan malaka oshirish, stajirovka, o‘quv kurslariga yuborilgan - 35 nafar; bakalavriat, magistraturada o‘qish uchun - 65 nafar.
2023 yil yanvar-avgust oylarida xorijiy OTMlarda 128 nafar professor-o‘qituvchi va talabalari malaka oshirish, stajirovka dasturlari, xalqaro anjuman, kongress, seminar va o‘quv kurslarda ishtirok etgan, shu jumladan malaka oshirish, stajirovka, o‘quv kurslariga yuborilgan professor–o‘qituchi va hodimlar - 50 nafar; bakalavriat, magistratura va doktoranturada stajirovka va o‘qish uchun - 78 nafar talaba qatnashgan.
2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.06.2018 yildagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta‘lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta‘minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarori “Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2017-2030 yillarda rivojlantirish dasturi”ning tegishli bandlari ijrosini ta‘minlash maqsadida institut tomonidan professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchi va ilmiy hodimlar, talaba va magistrantlarni horijiy stajirovka va malaka oshirish dasturlarida faol ishtiroki qo‘llab-quvvatlanadi.