Toshkent Kimyo-texnologiya texnikumi huzuridagi Angren texnologiya texnikumi 1975 yil qurilgan bo‘lib, 2008 yil rekonstruksiya qilingan. Quvvati 855 o‘ringa mo‘ljallangan. Texnikum o‘quv binosida 48 ta o‘quv va o‘quv-laboratoriya xonalari ,16x24 m o‘lchamli sport zal, 4 ta (Chilangarlik, Elektrgazpayvandlash, Qo‘lda yoyli payvandlash, Tokarlik ) 120 o‘rinli ustaxona, 100 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quvchilar turar joyi va 100 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona mavjud.
Angren texnologiya texnikumiga 2022/2023 o‘quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar kesimida kunduzgi ta’lim shakliga qabul parametrlari belgilangan:
“Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha )” mutaxassisligiga 30 nafar qabul kvotasi,”Kimyoviy texnololgiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)” 60 nafar qabul kvotasi,”Mashinasozlik texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha 30 nafar qabul rejasi berilgan. Sirtqi ta’lim shakliga “Buxgalteriya hisobi va audit” mutaxassisligi bo‘yicha 30 nafar, ”Kimyoviy texnologiya” mutaxassisligiga 30 nafar, ”Foydali qazilmalarni boyitish” mutaxassisligiga 30 nafar, ”Elektr va elektromexanik uskunalarni texnik eksplutatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish” mutaxassisligi bo‘yicha 30 nafar, ”Ishlab chiqarish ta’limi (tarmoqlar bo‘yicha)“ o‘quvchi qabul mutaxassisligiga 30 nafar o‘quvchi qabul qilish rejasi berilgan.
Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan imtihon natijalariga ko‘ra 1-bosqich kunduzgi ta’lim shakliga “Mashinasozlik texnologiyasi” mutaxassisligiga 13 nafar va“ Kimyoviy texnologiya” mutaxassisligi bo‘yicha 16 nafar o‘quvchi qabul qilindi.Sirtqi ta’lim shakliga “Buxgalteriya hisobi va audit” mutaxassisligi bo‘yicha 21 nafar ,”Kimyoviy texnologiya” mutaxassisligiga 22 nafar, ”Foydali qazilmalarni boyituvchi” mutaxassisligiga 9 nafar, ”Elektr va elektromexanik uskunalarni texnik eksplutatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish” mutaxassisligi bo‘yicha 18 nafar o‘quvchi qabul qilindi va 18 oktyabr kunidan ta’lim jarayoni jadval asosida tashkil etildi.
2023-yilda texnikumni kunduzgi ta’lim shaklida 4 ta mutaxassislik bo‘yicha 72 nafar o‘quvchi tamomladi. 2022/2023 o‘quv yili o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq quyidagi korxonalarda,“ Kimyoviy texnologiya” mutaxassisligi guruhi o‘quvchilari “Birinchi Rezinotexnika zavodi”da, “Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)” va “Elektr stansiyalarida suv,yoqilg‘i va moylash materiallari“ mutaxassisligi guruhlari “Angren Issiqlik elektr stansiyasi” AJ da,”Foydali qazilmalarni boyituvchi” kasbi bo‘yicha o‘quv guruhi o‘quvchilari “ Sharqiy qurama geologiya qidiruv ekspedisiyasi”da ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etildi.