Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi Akademik litsey

Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi litsey (hozirda akademik litsey deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 1992-yil 26-noyabrdagi Qo‘shma kollegiyasining 6/42-sonli qaroriga binoan tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prizedentining 2006-yil 31-iyuldagi “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-427-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-avgustdagi “Oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi litsey va litsey-internatlar negizida akademik litseylar tashkil etish to‘g‘risida”gi 188-sonli qarorllariga muvofiq 2006-yil 2-sentabrdan Toshkent kimyo-texnalogiya instituti qoshidagi akademik litsey nomi bilan faoliyatini davom ettirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-maydagi “Toshkent shahrida 12 yillik taʼlim tizimiga to‘liq o‘tish va yangidan qurilayotgan hamda rekanstruktsiya qilinayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini 2007/2008-o‘quv yiliga o‘z vaqtida tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-633-sonli qaroriga ko‘ra Yunusobod sanoat kasb-hunar kolleji rekanstruktsiya qilinib yangi bino Toshkent kimyo-texnalogiya instituti qoshidagi akademik litseyga aylantirildi. O‘rta maxsus kasb-hunar taʼlim markazining 2007-yil 150-sonli buyrug‘iga ko‘ra Chilonzor tumanidagi Toshkent kimyo-texnalogiya instituti qoshida akademik litsey Toshkent shahri Yunusobod tumani 3-mavzesidagi binoga ko‘chirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-sonli qaroriga asosan Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi Toshkent kimyo-texnologiya instituti tasarrufiga berilgan.

Akademik litseyda o‘qish muddati 2 yil. 

Toshkent shahri Yunusobod tumani 3-mavze, 7-uy manzilida joylashgan. Umumiy yer maydoni 11871 kv.m. O‘quv binolar soni 1 ta, 2-qavatli. Istish tarmog‘i markazlashgan.

Akademik litsey binosi 1974-yilda 2 qavatli zamonaviy maktab binosi sifatida qurilgan.

Akademik litsey mazkur moslashtirilgan binoga 2007-yilda ko‘chib kelgan bo‘lib, bugungi kunda muassasa ixtiyorida 17 ta sinfxona 400 o‘ringa rejalashtirilgan va 12 ta yordamchi-xo‘jalik (ma’muriyat, faollar zali, sportzal, hisobxona, g‘azna, kutubxona, tibbiyot xonasi va b.) xonalari mavjud.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyida hozirgi vaqtda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 31 nafar pedagog xodimlar tomonidan ta’lim-tarbiya berib kelinmoqda. Ulardan, 6 nafari Bosh o‘qituvchi, 3 nafari Yetakchi o‘qituuvchi, 15 nafari Katta o‘qituuvchi, 7 nafari Oliy ma’lumotli o‘qituvchilardir. Shundan 2 nafar matematika, 2 nafar ingliz tili, 1 nafar rus tili fani o‘qituvchilari C1 xalqaro va milliy sertifikatlarga ega. Akademik litseyda 3 ta kafedralar faoliyat yuritadi. Ular Aniq fanlar, Tabiiy va ijtimoiy fanlar, Tillar kafedralaridir. Akademik litseyda jami 14 ta guruh mavjud bo‘lib 303 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.

https://t.me/tktial

www.tktial.uz

tktial@umail.uz

+99871 209-88-55