Umar Lebbe Atham Lebbe Mohamed Rifky – Shri-Lanka fuqarosi, Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi kafedrasi o’qituvchisi
O‘zbekiston Respublikasining Toshkent kimyo-texnologiya institutida tadqiqotchi va o’qituvchi bo‘lganimdan xursandman, chunki bu yerda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun mukammal laboratoriya jihozlari mavjud, jihozlar talab darajasida bo‘lganligi uchun xorijlik talabalar hech qanday muammosiz ta’lim olishlari mumkin. Bizning maqsadlarimizga erishishda yordam berish uchun ko'plab taniqli va ixtisoslashgan professorlar mavjud va bu institutning afzalliklardan biridir. Doktorantura va Xalqaro ofis barcha hujjatlarni o'z vaqtida tashkil qiladi va menga taklifnomani olishda juda yaxshi yordam berdi.