Социальные сети

24 декабря 2024 года в Ташкентском химико-технологическом институте состоялось очередное заседание Совета института.

Unda institut rektori-Kengash raisi Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda kengash a’zolari ishtirok etishdi.

Yig'ilish avvalida bir guruh professor-o'qituvchilar va doktorantlarning erishga yutuqlari e'tirof etildi. Shuningdek oliygohimiz dunyo miqyosida "Yashil universitet" reytingida 1097-pog'onaga ko'tarilgani munosabati bilan GREENMETRIC tomonidan sertifikat topshirildi.

Yig'ilish davomida kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, mas'ullarning hisobotlari tinglandi. Jumladan Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti boshlig‘i Z.Babaxanovaning "Xalqaro loyihalar, nufuzli xorijiy olimlar, xorijiy professor o‘qituvchilarni o‘quv faoliyatga jalb etish, institut iqtidorli talabalarini xalqaro akademik almashinuv, qisqa o‘quv kurslar, yozgi va qishki maktablarda ishtirok etishini qo‘llab quvvatlash masalalari" bo'yicha hisoboti, Registrator ofisi direktori U.Kadirovning " 2024/2025 o‘quv yilida qaytadan tashkil etilgan Registrator ofisinining faoliyati natijalari va Registrator ofisida yuzaga kelayotgan muammolarni yechimlari to‘g‘risida"gi ma'ruza tinglandi muhokama etildi.

 Shuningdek Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T.Safarovning" 2024-2025 o‘quv yilining kuzgi semestrida o‘quv jarayonini sifatli tashkil qilish va o‘quv ishlarini uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida"gi ma'ruzasi, Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor B.Qodirov, Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i X.Berdiyev hamda institut katta yuriskonsulti B. Radjabovning turli masalalardagi hisobotlari tinglandi.