2024-yilning 8-iyul sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Germaniyaning BYK kompaniyasidan Rene Rieser hamda Bridge-Hub kompaniyasidan Abduvaliyeva Dinara va Maxamadjonov Miralamlar tashrif buyurdilar.
Uchrashuv davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va BYK kompaniyasi bilan birgalikda qo'shma labaratoriya va muhandislik maktabini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, BYK kompaniyasi bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda talaba, professor-o'qituvchilarning malaka oshirish kurslarini tashkil etish masalalari ko’rib chiqildi